قَدْ قَالَهَا ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَمَآ أَغْنَىٰ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, buni ulardan avvalgilar ham aytgan edilar. Bas, ularning qilgan kasblari o`zlariga asqotmadi.Батаҳқиқ, буни улардан аввалгилар ҳам айтган эдилар. Бас, уларнинг қилган касблари ўзларига асқотмади.Alauddin Mansour: U (soʻz)ni ulardan avvalgilar ham aytgan edilar. Bas, ularga oʻzlari kasb qilib topgan narsalari asqotgani yoʻq.У (сўз)ни улардан аввалгилар ҳам айтган эдилар. Бас, уларга ўзлари касб қилиб топган нарсалари асқотгани йўқ.
Albatta, bu neʼmat menga oʻzimdagi ilm tufayli keldi, degandek daʼvoni avvalgi kofir-mushriklar ham aytgan edi.
«Bas, ularning qilgan kasblari oʻzlariga asqotmadi.»
Oʻz ilmim tufayli topdim, deb kerilib yurgan narsalari vaqti kelganda ularga hech bir foyda bera olmadi, endi, hozirgi kofirmushriklarniki foyda berarmidi?! Albatta, bularning qilgan kasblari ham avvalgilarnikiga oʻxshaydi. Keragida kuniga yaramaydi. Qilgan kasblari besamar ketadi. Boz ustiga, oʻsha kasblari tufayli azob- uqubatga uchraydilar. Avval oʻtganlarning holi mana, qanday boʻlgan: