QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят51

فَأَصَابَهُمْ سَيِّـَٔاتُ مَا كَسَبُوا۟ ۚ وَٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنْ هَـٰٓؤُلَآءِ سَيُصِيبُهُمْ سَيِّـَٔاتُ مَا كَسَبُوا۟ وَمَا هُم بِمُعْجِزِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ularga qilgan kasblarining yomonliklari musiybat bo`ldi. Anavilardan zulm qilganlariga ham tezda qilgan kasblarining yomonliklari musiybat bo`lur. Ular qochib qutulguvchi ham emaslar.Бас, уларга қилган касбларининг ёмонликлари мусийбат бўлди. Анавилардан зулм қилганларига ҳам тезда қилган касбларининг ёмонликлари мусийбат бўлур. Улар қочиб қутулгувчи ҳам эмаслар.Alauddin Mansour: Bas, ularga qilgan yomonliklari yetdi. Ana ulardan (Makka mushriklaridan) boʻlgan zolim kimsalarga ham yaqinda qilgan yomonliklari yetar. Ular ham qochib qutulguvchi emasdirlar.Бас, уларга қилган ёмонликлари етди. Ана улардан (Макка мушрикларидан) бўлган золим кимсаларга ҳам яқинда қилган ёмонликлари етар. Улар ҳам қочиб қутулгувчи эмасдирлар.

464-sahifa · 24-juz · 47-hizb464-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَأَصَابَهُمْbas, ularga musibat boʻldiбас, уларга мусибат бўлдиسَيِّـَٔاتُyomonliklariёмонликлариمَاnarsaningнарсанингكَسَبُوا۟ ۚqilgan kasblariқилган касблариوَٱلَّذِينَva kimsalargaва кимсаларгаظَلَمُوا۟zulm qilganзулм қилганمِنْ-dan-данهَـٰٓؤُلَآءِanavilardanанавиларданسَيُصِيبُهُمْtezda ularga musibat boʻlurтезда уларга мусибат бўлурسَيِّـَٔاتُyomonliklariёмонликлариمَاnarsaningнарсанингكَسَبُوا۟qilgan kasblariқилган касблариوَمَاva emaslarва эмасларهُمularуларبِمُعْجِزِينَqochib qutulguvchiқочиб қутулгувчи
TafsirТафсир

Avval oʻtgan kofir va mushriklarga yomon amallari, yaʼni, oʻsha amallari uchun berilgan azob-uqubatlar boshlariga musiybat keltirdi.

«Anavilardan zulm qilganlariga ham tezda qilgan kasblarining yomonliklari musiybat boʻlur.»

Hozirda kufr, shirk keltirib, tavhidga koʻnmay turganlarga, zulmida davom etib, tavba qilmay ketganlarga ham yomon amallari uchun azob-uqubatlar, albatta, beriladi.

«Ular qochib qutulguvchi ham emaslar.»

Ular bu azoblardan hech ham qochib qutula olmaydilar.