أَوَلَمْ يَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Alloh xohlagan kishisiga rizqni keng va tor qilishini bilmasmidilar?! Albatta, bunda iymon keltirguvchi qavmlar uchun oyat(belgi)lar bordir.Улар Аллоҳ хоҳлаган кишисига ризқни кенг ва тор қилишини билмасмидилар?! Албатта, бунда иймон келтиргувчи қавмлар учун оят(белги)лар бордир.Alauddin Mansour: Axir ular Alloh Oʻzi xohlagan kishining rizqini keng qilishini va (Oʻzi xohlagan kishining rizqini) tang qilishini bilmadilarmi?! Albatta bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.Ахир улар Аллоҳ Ўзи хоҳлаган кишининг ризқини кенг қилишини ва (Ўзи хоҳлаган кишининг ризқини) танг қилишини билмадиларми?! Албатта бунда иймон келтирадиган қавм учун оят-ибратлар бордир.
«Xohlagan kishisiga rizqni keng va tor qilishi» ham Alloh taoloning vahdoniyatidandir. U zotning yolgʻiz Oʻzi borliqni yaratdi. U zotning yolgʻiz Oʻzi bandalariga rizq beradi. Nima uchun kofir va mushriklar Alloh ularga bergan rizqqa shukr qilmay, bu rizq menga oʻzimdagi ilmim tufayli keldi, deydilar?!
«Ular Alloh xohlagan kishisiga rizqni keng va tor qilishini bilmasmidilar?!»
Axir, yagona rizq berguvchi Alloh xohlagan kishisining rizqini keng yoki tor qilib qoʻyishi maʼlum va mashhur qoida-ku! Alloh rizqni moʻminga ham, kofirga ham, olimga ham, johilga ham beraverishi maʼlum va mashhur hol-ku! Yoki olimlar ichida rizqi tori yoʻqmi?! Johillarning ichida rizqi kengi yoʻqmi?!
«Albatta, bunda iymon keltirguvchi qavmlar uchun oyat(belgi)lar bordir.»
Bu ibratlarni kufru shirk yoʻliga emas, balki hidoyat va iymon yoʻliga ishlatish kerak.
Oʻtgan oyatlarda kufr va shirkka ketgan zolim kishilarning holi qiyomat kuni qanchalik ayanchli boʻlishi tavsiflandi. Shirk va kufr notoʻgʻri ekanligi munoqasha qilindi. Kelgusi oyatlarda bandalar fursati borida tavba qilib oʻzlarini oʻnglab olishga, noumid boʻlmaslikka chaqiriladilar.
Ey Paygʻambar!