QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят53

۞ قُلْ يَـٰعِبَادِىَ ٱلَّذِينَ أَسْرَفُوا۟ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُوا۟ مِن رَّحْمَةِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَغْفِرُ ٱلذُّنُوبَ جَمِيعًا ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen (Mening tarafimdan): «Ey, o`z jonlariga isrof (javr) qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo`lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag`firat etar. Albatta, Uning O`zi o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdir», deb ayt.Сен (Менинг тарафимдан): «Эй, ўз жонларига исроф (жавр) қилган бандаларим, Аллоҳнинг раҳматидан ноумид бўлманг! Албатта, Аллоҳ барча гуноҳларни мағфират этар. Албатта, Унинг Ўзи ўта мағфиратли ва ўта раҳимли Зотдир», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Mening oʻz jonlariga jinoyat qilgan (turli gunoh-maʼsiyatlar qilish bilan) bandalarimga ayting: «Allohning rahmat-marhamatidan noumid boʻlmangiz! Albatta Alloh (Oʻzi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini magʻfirat qilur. Albatta Uning Oʻzigina magʻfiratli, mehribondir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Менинг ўз жонларига жиноят қилган (турли гуноҳ-маъсиятлар қилиш билан) бандаларимга айтинг: «Аллоҳнинг раҳмат-марҳаматидан ноумид бўлмангиз! Албатта Аллоҳ (Ўзи хоҳлаган бандаларининг) барча гуноҳларини мағфират қилур. Албатта Унинг Ўзигина мағфиратли, меҳрибондир.

464-sahifa · 24-juz · 47-hizb464-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ قُلْsen aytсен айтيَـٰعِبَادِىَey bandalarimэй бандаларимٱلَّذِينَkimsalarкимсаларأَسْرَفُوا۟isrof (jabr) qilganисроф (жабр) қилганعَلَىٰٓustigaустигаأَنفُسِهِمْoʻz jonlarigaўз жонларигаلَاemasэмасتَقْنَطُوا۟noumid boʻlingноумид бўлингمِن-dan-данرَّحْمَةِrahmatidanраҳматиданٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيَغْفِرُmagʻfirat etarмағфират этарٱلذُّنُوبَgunohlarniгуноҳларниجَمِيعًا ۚbarchaбарчаإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, УهُوَUning OʻziУнинг Ўзиٱلْغَفُورُoʻta magʻfiratliўта мағфиратлиٱلرَّحِيمُoʻta rahmliўта раҳмли
TafsirТафсир

Imom Buxoriy Saʼid ibn Jubayr roziyallohu anhudan keltirgan rivoyatda aytilishicha, koʻplab gunohlar qilgan bir guruh mushriklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Albatta, sen daʼvat qilayotgan narsa juda ham goʻzal. Qani, ayt-chi, biz qilgan narsalarni yuvadigan narsa ham bormi?»–deb soʻrashganida Alloh taolo ushbu oyati karimani tushirgan ekan.

Tafsirchi ulamolarimiz taʼkidlashlaricha, bu oyati karima Qurʼondagi eng umidvorlik oyati hisoblanadi. Bu oyatda bandalar uchun eng ulugʻ bashorat bor.

Avvalo, Alloh taolo:

«Ey, oʻz jonlariga isrof (javr) qilgan bandalarim», deb bandalariga oʻz nisbatini bermoqda.

Aslida, mol-dunyoni ortiqcha sarflashga «isrof» deyiladi. Shuningdek, bu soʻz maʼnaviy jihatdan haddan oshishga nisbatan ham ishlatiladi. Binobarin, gunoh qilgan odam isrofchi boʻladi, chunki u Alloh belgilab qoʻygan haddan (chegaradan) chiqqan hisoblanadi. Gunoh tufayli haddidan oshgan odam oʻziga zarar, javr qiladi. Alloh taolo ushbu oyatda bandalarining gunoh sababli isrofga yoʻl qoʻyib, oʻzlariga javr etishini aytmoqda.

«Allohning rahmatidan noumid boʻlmang!»

Uning rahmati juda kengdir.

«Albatta, Alloh barcha gunohlarni magʻfirat etar.»

Alloh taolo «Niso» surasida shirkdan boshqa barcha gunohlarni magʻfirat etishini taʼkidlagan. Chunki:

«Albatta, Uning Oʻzi oʻta magʻfiratli va oʻta rahimli zotdir».

Tavba qilgan bandalarning gunohlarini kechiradi.

Mufassirlarimiz, avval aytib oʻtilganidek, bu oyati karimani Alloh kitobidagi eng umidli oyat deb taʼkidlaydilar va, shu bilan birga, bu umid gunohga tashviq etuvchi umid emasligini ham qattiq uqtiradilar. Yaʼni, Alloh barcha gunohlarni kechiradi, degan umid bilan bilaturib gunohlarda davom etishning farqi bor. Bu oyatda Allohning qonun-qoidalarini bilmasdan avval gunoh qilib yurganlar magʻfiratdan umid uzmasligi kerakligi aytilyapti. Bu haqiqatni oyatning nozil boʻlish sababidan ham bildik. Shuningdek, keyingi ikki oyatdan ham anglab olishimiz mumkin: