وَأَنِيبُوٓا۟ إِلَىٰ رَبِّكُمْ وَأَسْلِمُوا۟ لَهُۥ مِن قَبْلِ أَن يَأْتِيَكُمُ ٱلْعَذَابُ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizga azob kelishidan oldin Robbingizga qayting va Unga taslim bo`ling. So`ngra sizga yordam berilmas.Сизга азоб келишидан олдин Роббингизга қайтинг ва Унга таслим бўлинг. Сўнгра сизга ёрдам берилмас.Alauddin Mansour: Sizlarga azob kelib, soʻngra yordam berilmay qolishidan ilgari (yaʼni, Allohning biron balo-qazosiga duchor boʻlmay turib), Parvardigorlaringizga qaytinglar — Unga boʻyinsuninglar!Сизларга азоб келиб, сўнгра ёрдам берилмай қолишидан илгари (яъни, Аллоҳнинг бирон бало-қазосига дучор бўлмай туриб), Парвардигорларингизга қайтинглар — Унга бўйинсунинглар!
«Azob kelishi»ni oʻlim soati yetishi deb tushunish lozim. Yaʼni, oʻlim soati yetguncha odam tavba qilib Allohga qaytishi, iymonli boʻlib, yaxshi amallar bajarishi va yomon amallardan chetlanishi kerak. Alloh taologa butkul taslim boʻlib, oʻzini Unga topshirishi lozim. Bunday odam, albatta, gunoh ishlardan tiyiladi.
Ammo, oʻlim koʻziga koʻringanda qilingan tavba qabul boʻlmaydi, soʻnggi damda keltirilgan iymon foyda bermaydi.
«Soʻngra sizga yordam berilmas.» 8–3316Azob(oʻlim) kelgandan soʻngra sizga hech qanday yordam berilmaydi.