وَٱتَّبِعُوٓا۟ أَحْسَنَ مَآ أُنزِلَ إِلَيْكُم مِّن رَّبِّكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِيَكُمُ ٱلْعَذَابُ بَغْتَةً وَأَنتُمْ لَا تَشْعُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizga o`zingiz sezmagan holda to`satdan azob kelib qolishidan oldin Robbingizdan sizga tushirilgan eng go`zal narsaga ergashing.Сизга ўзингиз сезмаган ҳолда тўсатдан азоб келиб қолишидан олдин Роббингиздан сизга туширилган энг гўзал нарсага эргашинг.Alauddin Mansour: Sizlarga, oʻzlaringiz sezmagan holingizda toʻsatdan azob kelib qolishidan ilgari Parvardigorlaringiz tomonidan sizlarga nozil qilingan eng goʻzal narsa — Qurʼonga ergashinglar!Сизларга, ўзларингиз сезмаган ҳолингизда тўсатдан азоб келиб қолишидан илгари Парвардигорларингиз томонидан сизларга нозил қилинган энг гўзал нарса — Қуръонга эргашинглар!
Ey odamlar, fursat borida oʻzingizni oʻnglab oling. Esingizni yigʻib oling. Turli-tuman boʻlmagʻur tuzum va taʼlimotlarga ergashib zalolatga ketmang.
«Sizga oʻzingiz sezmagan holda toʻsatdan azob kelib qolishidan oldin...»
Toʻsatdan, sezdirmay kelib qoladigan oʻlim boshingizga yetmasidan oldin...
«...Robbingizdan sizga tushirilgan eng goʻzal narsaga ergashing.»
Alloh taolo sizni ikki dunyo saodatiga erishtirish uchun tushirgan Qurʼoni Karimga ergashing. Qurʼon Alloh bandalariga tushirgan ilohiy kitoblarning eng goʻzalidir. Ushbu eng goʻzal narsaga ergashmay, nimaga ergashasiz?!