أَن تَقُولَ نَفْسٌ يَـٰحَسْرَتَىٰ عَلَىٰ مَا فَرَّطتُ فِى جَنۢبِ ٱللَّهِ وَإِن كُنتُ لَمِنَ ٱلسَّـٰخِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Jon: «Alloh haqida yo`l qo`ygan kamchiliklarim uchun nadomat bo`lsin. To`g`risi, men masxara qilguvchilardan bo`lgan edim», demasidan oldin...Жон: «Аллоҳ ҳақида йўл қўйган камчиликларим учун надомат бўлсин. Тўғриси, мен масхара қилгувчилардан бўлган эдим», демасидан олдин...Alauddin Mansour: Biron jon: «Alloh haqqida (yaʼni, U zotga toat-ibodat qilishda) sustkashlik qilganimga nadomat boʻlgay! Rostdan ham men (Uning dinini va Qurʼonini masxara qilguvchilardan boʻlgan edim», deb qolmasligi uchun;Бирон жон: «Аллоҳ ҳаққида (яъни, У зотга тоат-ибодат қилишда) сусткашлик қилганимга надомат бўлгай! Ростдан ҳам мен (Унинг динини ва Қуръонини масхара қилгувчилардан бўлган эдим», деб қолмаслиги учун;
Allohga tavba qiling, unga butunlay taslim boʻling va Qurʼonga ergashing. Ha, fursat borida tavba qilib, Allohga qayting. Toʻla-toʻkis musulmon boʻlib, Qurʼonni hayotingizning barcha sohalariga tatbiq qiling. Yana, ertaga boshingizga azob kelganida:
«Alloh haqida yoʻl qoʻygan kamchiliklarim uchun nadomat boʻlsin», deb qolmang.
Allohning vahdoniyatiga ishonmay, Unga kufr va shirk keltirib yurganingizga afsus chekib qolmang. Allohning diniga yurmay, Uning shariatiga amal qilmay yurganingizga pushaymon yeb qolmang.
«Toʻgʻrisi, men masxara qilguvchilardan boʻlgan edim», demasingizdan oldin tavba qilib, musulmon boʻlib, Qurʼonga ergashing. Yana, ertaga boshingizga azob kelganida, toʻgʻrisini eʼtirof etay, men «vaqtida tavba qilgin» deganlarni masxaralagan edim, deb qolmang. Toʻgʻrisini eʼtirof qilay, men «Qurʼonga ergash» deganlarni masxara qiluvdim, deb qolmang.
Ha, fursat borida tavba qilib, Allohga qayting. Toʻla-toʻkis musulmon boʻlib, Qurʼonni hayotingizning barcha sohalariga tatbiq qiling. Yana, ertaga boshingizga azob kelganida:
«Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta, taqvodorlardan boʻlar edim», deb nadomat qilib qolmang.
Alloh koʻrsatgan hidoyatga yurmaganingiz uchun oʻzingizni oʻzingiz koyib yurmang. U vaqtda qilgan nadomatingiz, oʻzingizni oʻzingiz koyishingiz hech foyda bermaydi.
Ha, fursat borida tavba qilib, Allohga qayting, toʻla-toʻkis musulmon boʻling. Yana, ertaga:
«Azobni koʻrgan chogʻida: «Agar menga yana bir marta ortga (dunyoga) qaytish boʻlganida, goʻzal amal qilguvchilardan boʻlar edim», deb afsus chekib yurmang. Oxirat azobini, oʻlim talvasasini koʻrgandan keyingi nadomatlar foyda bermaydi. Haq kalom yetishi bilan darhol tavba qilish, Allohga toʻla-toʻkis taslim boʻlish va Qurʼonga ergashish kerak.
Fursat oʻtganidan keyin nadomat qilganlarga Alloh taolo: