QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят57

أَوْ تَقُولَ لَوْ أَنَّ ٱللَّهَ هَدَىٰنِى لَكُنتُ مِنَ ٱلْمُتَّقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki: «Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta, taqvodorlardan bo`lar edim», demasidan oldin...Ёки: «Агар Аллоҳ мени ҳидоят қилганида, албатта, тақводорлардан бўлар эдим», демасидан олдин...Alauddin Mansour: Yoki: «Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta taqvodorlardan boʻlur edim», deb qolmasligi uchun;Ёки: «Агар Аллоҳ мени ҳидоят қилганида, албатта тақводорлардан бўлур эдим», деб қолмаслиги учун;

465-sahifa · 24-juz · 47-hizb465-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَوْyokiёкиتَقُولَdeyishiдейишиلَوْagarагарأَنَّhaqiqatanҳақиқатанٱللَّهَAllohАллоҳهَدَىٰنِىmeni hidoyat qilganidaмени ҳидоят қилганидаلَكُنتُalbatta, boʻlar edimалбатта, бўлар эдимمِنَ-dan-данٱلْمُتَّقِينَtaqvodorlardanтақводорлардан
TafsirТафсир

Allohga tavba qiling, unga butunlay taslim boʻling va Qurʼonga ergashing. Ha, fursat borida tavba qilib, Allohga qayting. Toʻla-toʻkis musulmon boʻlib, Qurʼonni hayotingizning barcha sohalariga tatbiq qiling. Yana, ertaga boshingizga azob kelganida:

«Alloh haqida yoʻl qoʻygan kamchiliklarim uchun nadomat boʻlsin», deb qolmang.

Allohning vahdoniyatiga ishonmay, Unga kufr va shirk keltirib yurganingizga afsus chekib qolmang. Allohning diniga yurmay, Uning shariatiga amal qilmay yurganingizga pushaymon yeb qolmang.

«Toʻgʻrisi, men masxara qilguvchilardan boʻlgan edim», demasingizdan oldin tavba qilib, musulmon boʻlib, Qurʼonga ergashing. Yana, ertaga boshingizga azob kelganida, toʻgʻrisini eʼtirof etay, men «vaqtida tavba qilgin» deganlarni masxaralagan edim, deb qolmang. Toʻgʻrisini eʼtirof qilay, men «Qurʼonga ergash» deganlarni masxara qiluvdim, deb qolmang.

Ha, fursat borida tavba qilib, Allohga qayting. Toʻla-toʻkis musulmon boʻlib, Qurʼonni hayotingizning barcha sohalariga tatbiq qiling. Yana, ertaga boshingizga azob kelganida:

«Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta, taqvodorlardan boʻlar edim», deb nadomat qilib qolmang.

Alloh koʻrsatgan hidoyatga yurmaganingiz uchun oʻzingizni oʻzingiz koyib yurmang. U vaqtda qilgan nadomatingiz, oʻzingizni oʻzingiz koyishingiz hech foyda bermaydi.

Ha, fursat borida tavba qilib, Allohga qayting, toʻla-toʻkis musulmon boʻling. Yana, ertaga:

«Azobni koʻrgan chogʻida: «Agar menga yana bir marta ortga (dunyoga) qaytish boʻlganida, goʻzal amal qilguvchilardan boʻlar edim», deb afsus chekib yurmang. Oxirat azobini, oʻlim talvasasini koʻrgandan keyingi nadomatlar foyda bermaydi. Haq kalom yetishi bilan darhol tavba qilish, Allohga toʻla-toʻkis taslim boʻlish va Qurʼonga ergashish kerak.

Fursat oʻtganidan keyin nadomat qilganlarga Alloh taolo: