بَلَىٰ قَدْ جَآءَتْكَ ءَايَـٰتِى فَكَذَّبْتَ بِهَا وَٱسْتَكْبَرْتَ وَكُنتَ مِنَ ٱلْكَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Yo`q! Batahqiq, senga Mening oyatlarim keldi. Bas, sen ularni yolg`onga chiqarding, mutakabbirlik qilding va kofirlardan bo`lding!» der.«Йўқ! Батаҳқиқ, сенга Менинг оятларим келди. Бас, сен уларни ёлғонга чиқардинг, мутакаббирлик қилдинг ва кофирлардан бўлдинг!» дер.Alauddin Mansour: (Aks holda unga Alloh tomonidan aytilur): «Yoʻq, (Men senga hidoyat yoʻlini koʻrsatgan edim), aniqki, senga Mening oyatlarim kelganida, sen ularni yolgʻon degan eding va kibr-havo qilib, kofirlardan boʻlgan eding».(Акс ҳолда унга Аллоҳ томонидан айтилур): «Йўқ, (Мен сенга ҳидоят йўлини кўрсатган эдим), аниқки, сенга Менинг оятларим келганида, сен уларни ёлғон деган эдинг ва кибр-ҳаво қилиб, кофирлардан бўлган эдинг».
Ey, kofir! Ey, mushrik! Ey, osiy! «Yoʻq!» Aytayotgan gaplaring hammasi yolgʻon. Sen azobni koʻrganingdan soʻng noiloj qolib, doʻpping tor kelganidan aytmoqdasan bu gaplarni. Agar sening niyating toʻgʻri boʻlsa, u dunyoda yaxshi ishlarni qilishing mumkin edi. Senga qulay fursat berilgan edi. Oʻylab koʻr. U dunyoda: «Batahqiq, senga Mening oyatlarim keldi». Sen ularni eshitding. Ularning xabari senga yetdi. Sen ularga iymon keltirib, amal qilishing kerak edi. «Bas, sen ularni yolgʻonga chiqarding...» Bu oyatlar yolgʻon, deding. Ularga ishonmading. Ularga iymon keltirishdan: «...mutakabbirlik qilding va kofirlardan boʻlding!» Shuning uchun, hozirgi nadomatingga ishonilmaydi. Sen ortga ham qaytarilmaysan. Albatta, jazoingni olasan. Shu oʻrinda har bir inson uchun qiyomat kuni manzaralari vasf etiladi: