وَيَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ تَرَى ٱلَّذِينَ كَذَبُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ وُجُوهُهُم مُّسْوَدَّةٌ ۚ أَلَيْسَ فِى جَهَنَّمَ مَثْوًى لِّلْمُتَكَبِّرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qiyomat kuni Allohga nisbatan yolg`on so`zlaganlarni ko`rsang, yuzlari qop-qoradir. Yoki mutakabbirlarning joyi jahannamda emasmi?!Қиёмат куни Аллоҳга нисбатан ёлғон сўзлаганларни кўрсанг, юзлари қоп-қорадир. Ёки мутакаббирларнинг жойи жаҳаннамда эмасми?!Alauddin Mansour: Qiyomat Kunida Alloh shaʼniga yolgʻon soʻzlagan kimsalarni yuzlari qora holda koʻrursiz. Yo jahannamda mutakabbir kimsalar uchun joy yoʻqmi?!Қиёмат Кунида Аллоҳ шаънига ёлғон сўзлаган кимсаларни юзлари қора ҳолда кўрурсиз. Ё жаҳаннамда мутакаббир кимсалар учун жой йўқми?!
Bu dunyoda Alloh taolo haqida yolgʻon gaplarni gapirib, U zotni yoʻq deb, sherigi bor deb, turli noloyiq sifatlar bilan sifatlab, tavhidini inkor qilib yurgan kimsalarning holini qiyomat kuni bir koʻrsang edi! Oʻzlari yoʻliqqan azoblarning koʻpligi va shiddatidan ularning «yuzlari qop-qora» boʻladi.
Ha, azobning kuchidan, jahannam olovining shiddatidan va xaloyiq oldidagi sharmandalikdan yuzlari qop-qorayib ketadi. Bunday holga tushishlariga oʻzlari sababchidirlar. Ular yorugʻ dunyoda iymonga kelmadilar, Qurʼonga ergashishdan bosh tortdilar.
«Yoki mutakabbirlarning joyi jahannamda emasmi?!»
Albatta, ularning joyi jahannamdadir!
Oʻsha dahshatli kunda Alloh taolo taqvodorlarga nisbatan tamoman boshqacha munosabatda boʻladi: