وَيُنَجِّى ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ بِمَفَازَتِهِمْ لَا يَمَسُّهُمُ ٱلسُّوٓءُ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh taqvo qilganlarga yutuqlari tufayli najot berur. Ularga yomonlik yetmas va ular xafa ham bo`lmaslar.Аллоҳ тақво қилганларга ютуқлари туфайли нажот берур. Уларга ёмонлик етмас ва улар хафа ҳам бўлмаслар.Alauddin Mansour: Alloh, taqvo qilgan zotlarni (jannatga) erishganlari sababli (jahannam azobidan) qutqarur va ularga biron yomonlik ham yetmas va ular gʻamgin ham boʻlmaslar.Аллоҳ, тақво қилган зотларни (жаннатга) эришганлари сабабли (жаҳаннам азобидан) қутқарур ва уларга бирон ёмонлик ҳам етмас ва улар ғамгин ҳам бўлмаслар.
Qiyomat kunida Alloh taolo bu dunyodan taqvo bilan oʻtgan bandalariga iymon va Islom yoʻlidagi yutuqlari tufayli najot beradi. Turli noqulayliklardan saqlaydi. U kunda: «Ularga yomonlik yetmas...» Faqat yaxshilik, mukofot va xursandchiliklar yetar. «...va ular xafa ham boʻlmaslar.» Jannatga, Allohning roziligiga erishganlar hech qachon xafa boʻlmaydi. Bu ishlarning boʻlishi aniq. Chunki: