ٱللَّهُ خَـٰلِقُ كُلِّ شَىْءٍ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ وَكِيلٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh har bir narsaning yaratguvchisidir. Va U har bir narsaga vakildir.Аллоҳ ҳар бир нарсанинг яратгувчисидир. Ва У ҳар бир нарсага вакилдир.Alauddin Mansour: Alloh barcha narsaning Yaratguvchisidir. U barcha narsaning ustida vakil-homiydir.Аллоҳ барча нарсанинг Яратгувчисидир. У барча нарсанинг устида вакил-ҳомийдир.
Dunyoda nimaiki narsa bor boʻlsa–hamma-hammasini yolgʻiz Alloh taolo yaratgan. Undan boshqa hech bir yaratuvchi yoʻq. Shuning uchun, dunyodagi hamma ishlar, jumladan, oxirat ishlari ham yolgʻiz Uning ixtiyoridadir.
«Va U har bir narsaga vakildir.»
Har bir narsaning tadbirini faqat U zotning yolgʻiz Oʻzi qiladi. Bu ish ham Allohning tavhidiga yorqin dalildir.