QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят63

لَّهُۥ مَقَالِيدُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَـٰسِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerning kalitlari Ungagina xosdir. Allohning oyatlariga kufr keltirganlar, ana o`shalar ziyonkorlardir.Осмонлару ернинг калитлари Унгагина хосдир. Аллоҳнинг оятларига куфр келтирганлар, ана ўшалар зиёнкорлардир.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yerning ochqichlari Uning (qoʻl ostidadir). Alloh oyatlariga kofir boʻlgan kimsalar — ana oʻshalargina ziyon koʻrguvchilardir.Осмонлар ва Ернинг очқичлари Унинг (қўл остидадир). Аллоҳ оятларига кофир бўлган кимсалар — ана ўшаларгина зиён кўргувчилардир.

465-sahifa · 24-juz · 47-hizb465-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَّهُۥUngagina xosdirУнгагина хосдирمَقَالِيدُkalitlariкалитлариٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِ ۗva yerningва ернингوَٱلَّذِينَva kimlarва кимларكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларبِـَٔايَـٰتِoyatlarigaоятларигаٱللَّهِAllohningАллоҳнингأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларهُمُularуларٱلْخَـٰسِرُونَziyonkorlardirзиёнкорлардир
TafsirТафсир

Alloh taolo osmonlaru yerda xohlagan ishini qiladi. Osmonlaru yer faqat Alloh taologagina boʻysunadi. Undan boshqa hech bir zot bu ishga aralasha olmaydi.

Chunki:

«Osmonlaru yerning kalitlari Ungagina xosdir».

Ana oʻsha xoslik ila Alloh nimani xohlasa, qiladi. Jumladan, qiyomatni qoim etib, kofir va mushriklarni jazolab, moʻminlarni mukofotlaydi.

«Allohning oyatlariga kufr keltirganlar, ana oʻshalar ziyonkorlardir.»

Ular, avvalo, bu dunyoda, qolaversa, u dunyoda ziyonkor boʻladilar.

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam mushriklarning taklifiga binoan ularning soxta xudolariga ibodat qilsinlarmi?!

Quyidagi oyatda Alloh taolo shu maʼnoda mushriklarga savol berishni Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga topshirmoqda: