قُلْ أَفَغَيْرَ ٱللَّهِ تَأْمُرُوٓنِّىٓ أَعْبُدُ أَيُّهَا ٱلْجَـٰهِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Ey, johillar! Meni Allohdan o`zgaga ibodat qilishimga buyururmisiz?!» – deb ayt.Сен: «Эй, жоҳиллар! Мени Аллоҳдан ўзгага ибодат қилишимга буюрурмисиз?!» – деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, u mushriklarga) ayting: «Hali sizlar meni Allohdan oʻzgaga ibodat qilishga buyururmisizlar, ey nodonlar!».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, у мушрикларга) айтинг: «Ҳали сизлар мени Аллоҳдан ўзгага ибодат қилишга буюрурмисизлар, эй нодонлар!».
Darhaqiqat, mushriklar shunday taklifni qilganlar. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, biz ham sening xudoingga ibodat qilaylik, sen ham bizning xudolarimizga ibodat qil, degan gapni aytganlar. Bu oyati karima oʻsha taklifga javob oʻlaroq nozil boʻlgan.
Kelgusi ikki oyatda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga bevosita xitob qilinib, faqat yolgʻiz Allohning tavhidiga, yolgʻiz Oʻziga ibodat etishga chaqiriladi: