QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят65

وَلَقَدْ أُوحِىَ إِلَيْكَ وَإِلَى ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكَ لَئِنْ أَشْرَكْتَ لَيَحْبَطَنَّ عَمَلُكَ وَلَتَكُونَنَّ مِنَ ٱلْخَـٰسِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, senga va sendan oldin o`tganlarga ham: «Agar shirk keltirsang, albatta, amaling behuda ketur va, albatta, ziyonkorlardan bo`lursan.Батаҳқиқ, сенга ва сендан олдин ўтганларга ҳам: «Агар ширк келтирсанг, албатта, амалинг беҳуда кетур ва, албатта, зиёнкорлардан бўлурсан.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, sizga ham, sizdan avvalgi (paygʻambarlarga ham shunday) vahiy qilingandir: «Qasamki: agar mushrik boʻlsang, albatta qilgan amaling behuda ketur va albatta ziyon koʻrguvchilardan boʻlib qolursan!Дарҳақиқат, сизга ҳам, сиздан аввалги (пайғамбарларга ҳам шундай) ваҳий қилингандир: «Қасамки: агар мушрик бўлсанг, албатта қилган амалинг беҳуда кетур ва албатта зиён кўргувчилардан бўлиб қолурсан!

465-sahifa · 24-juz · 47-hizb465-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқأُوحِىَvahiy qilindiваҳий қилиндиإِلَيْكَsengaсенгаوَإِلَىva -gaва -гаٱلَّذِينَkimlarкимларمِن-dan-данقَبْلِكَsendan oldinсендан олдинلَئِنْagarагарأَشْرَكْتَshirk keltirsangширк келтирсангلَيَحْبَطَنَّalbatta, behuda keturалбатта, беҳуда кетурعَمَلُكَamalingамалингوَلَتَكُونَنَّva albatta boʻlursanва албатта бўлурсанمِنَ-dan-данٱلْخَـٰسِرِينَziyonkorlarзиёнкорлар
TafsirТафсир

Mushriklarning gaplari mutlaqo nooʻrin edi. Dunyo vujudga keltirilganidan buyon quruq safsata gap edi. Borliqning yagona yaratuvchisi Alloh taolo bandalarini doimo tavhidga, yolgʻiz Oʻzigagina ibodat qilishga, shirkdan qochishga buyurgan. Alloh taolo otamiz Odam alayhissalomdan boshlab hamma Paygʻambarlarini doimo shirkdan qaytarib kelgan. Ushbu ikki oyatda Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, oʻsha haqiqatni eslatmoqda.

«Batahqiq, senga va sendan oldin oʻtganlarga ham...»

Ey Muhammad, senga ham, shuningdek, sendan oldin oʻtgan barcha Paygʻambarlarga ham:

«...Agar shirk keltirsang, albatta, amaling behuda ketur...» deb vahiy qilingan.

Agar, mabodo, farazan, shirk keltiradigan boʻlsang, kimligingdan qatʼinazar, jamiyki amaling behuda ketadi, nomai aʼmolingda hech qanday yaxshilik qolmaydi, deb vahiy qilingan.

«...va albatta ziyonkorlardan boʻlursan.»

Albatta, Allohga shirk keltirgan kimsa ziyonkor boʻladi.

«Yoʻq!»

Mushriklarning taklifiga hech koʻnma! Ularning soxta xudolariga zinhor ibodat qilma.

«Allohgagina ibodat qil...»

Alloh taoloning tavhidiga mahkam boʻl:

«...va shukr qilguvchilardan boʻl!» – deb vahiy qilingan».

Alloh taologa shukr qiluvchi bandalardan boʻl. Allohga shukr etuvchi boʻlishning boshi Allohning tavhidiga amal qilish va Unga shirk keltirmaslikdir.

Allohga shirk keltirganlar esa, katta xatoga yoʻl qoʻydilar: