بَلِ ٱللَّهَ فَٱعْبُدْ وَكُن مِّنَ ٱلشَّـٰكِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! Allohgagina ibodat qil va shukr etguvchilardan bo`l!» – deb vahiy qilingan.Йўқ! Аллоҳгагина ибодат қил ва шукр этгувчилардан бўл!» – деб ваҳий қилинган.Alauddin Mansour: Yoʻq, sen yolgʻiz Allohgagina ibodat qilgin va shukr qilguvchilardan boʻlgin!»Йўқ, сен ёлғиз Аллоҳгагина ибодат қилгин ва шукр қилгувчилардан бўлгин!»
Mushriklarning gaplari mutlaqo nooʻrin edi. Dunyo vujudga keltirilganidan buyon quruq safsata gap edi. Borliqning yagona yaratuvchisi Alloh taolo bandalarini doimo tavhidga, yolgʻiz Oʻzigagina ibodat qilishga, shirkdan qochishga buyurgan. Alloh taolo otamiz Odam alayhissalomdan boshlab hamma Paygʻambarlarini doimo shirkdan qaytarib kelgan. Ushbu ikki oyatda Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, oʻsha haqiqatni eslatmoqda.
«Batahqiq, senga va sendan oldin oʻtganlarga ham...»
Ey Muhammad, senga ham, shuningdek, sendan oldin oʻtgan barcha Paygʻambarlarga ham:
«...Agar shirk keltirsang, albatta, amaling behuda ketur...» deb vahiy qilingan.
Agar, mabodo, farazan, shirk keltiradigan boʻlsang, kimligingdan qatʼinazar, jamiyki amaling behuda ketadi, nomai aʼmolingda hech qanday yaxshilik qolmaydi, deb vahiy qilingan.
«...va albatta ziyonkorlardan boʻlursan.»
Albatta, Allohga shirk keltirgan kimsa ziyonkor boʻladi.
«Yoʻq!»
Mushriklarning taklifiga hech koʻnma! Ularning soxta xudolariga zinhor ibodat qilma.
«Allohgagina ibodat qil...»
Alloh taoloning tavhidiga mahkam boʻl:
«...va shukr qilguvchilardan boʻl!» – deb vahiy qilingan».
Alloh taologa shukr qiluvchi bandalardan boʻl. Allohga shukr etuvchi boʻlishning boshi Allohning tavhidiga amal qilish va Unga shirk keltirmaslikdir.
Allohga shirk keltirganlar esa, katta xatoga yoʻl qoʻydilar: