QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят67

وَمَا قَدَرُوا۟ ٱللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِۦ وَٱلْأَرْضُ جَمِيعًا قَبْضَتُهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ وَٱلسَّمَـٰوَٰتُ مَطْوِيَّـٰتٌۢ بِيَمِينِهِۦ ۚ سُبْحَـٰنَهُۥ وَتَعَـٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Allohning qadrini to`g`ri taqdirlamadilar. Holbuki, Yer borligicha Uning siqimidadir. Osmonlar esa, Uning qo`liga yig`ilgandir. U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va yuksakdir.Улар Аллоҳнинг қадрини тўғри тақдирламадилар. Ҳолбуки, Ер борлигича Унинг сиқимидадир. Осмонлар эса, Унинг қўлига йиғилгандир. У зот улар ширк келтираётган нарсалардан пок ва юксакдир.Alauddin Mansour: Ular Allohni toʻgʻri taniy olmadilar! Butun Yer Qiyomat Kunida Uning qabzasi — changali(dadir). Osmonlar esa Uning qoʻliga yigʻilgandir. U zot ularning shirklaridan pok va yuksakdir.Улар Аллоҳни тўғри таний олмадилар! Бутун Ер Қиёмат Кунида Унинг қабзаси — чангали(дадир). Осмонлар эса Унинг қўлига йиғилгандир. У зот уларнинг ширкларидан пок ва юксакдир.

465-sahifa · 24-juz · 47-hizb465-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасقَدَرُوا۟taqdirladilarтақдирладиларٱللَّهَAllohniАллоҳниحَقَّtoʻgʻriтўғриقَدْرِهِۦqadriniқадриниوَٱلْأَرْضُva yerва ерجَمِيعًۭاborligichaборлигичаقَبْضَتُهُۥUning siqimidadirУнинг сиқимидадирيَوْمَkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматوَٱلسَّمَـٰوَٰتُva osmonlarва осмонларمَطْوِيَّـٰتٌۢyigʻilgandirйиғилгандирبِيَمِينِهِۦ ۚUning qudrat qoʻligaУнинг қудрат қўлигаسُبْحَـٰنَهُۥU zot pokdirУ зот покдирوَتَعَـٰلَىٰva yuksakdirва юксакдирعَمَّاnarsalardanнарсаларданيُشْرِكُونَular shirk keltirayotganулар ширк келтираётган
TafsirТафсир

Bu dunyoda Allohga shirk keltirganlar Alloh taoloning qanday zot ekanini tushunib yetmadilar. Ular Alloh taoloning yolgʻiz Oʻziga ibodat qilmayotganlari, Unga shirk keltirayotganlari shunga dalolatdir. Ular Allohning vahdoniyatini ham, Allohning ulugʻligini ham idrok qilmadilar. Ular Allohning har bir narsaga qodirligini anglamadilar. Agar shu maʼnolarni idrok qilganlarida, Unga shirk keltirmas edilar.

«Holbuki, yer borligicha Uning siqimidadir.»

Odatda, bir qoʻlning kafti bilan toʻplab ushlashga «siqim» deyiladi. Ammo, Alloh taoloning vasfini odamga xos sifatlarga oʻxshatish aslo mumkin emas. Chunki, Alloh taolo oʻxshashi yoʻq zotdir. Shuning uchun ham, salafi solih ulamolarimiz, Alloh taoloning Kitobdagi vasflari tilovat qilinadi, ammo sharhlanmaydi, deganlar.

Bunday vasflar Alloh taoloning qudratini inson tasavvur etishi uchun keltirilgan.

«Osmonlar esa, Uning qudrat qoʻliga yigʻilgandir.»

Osmonlar shunchalik cheksiz, ulkan va mustahkam boʻlishiga qaramay, Alloh taoloning qudrati qarshisida hech narsa emas.

«U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va yuksakdir.»

Alloh taolo mushriklar Unga sherik xudo deb keltirayotgan barcha narsalardan pokdir, U zotning hech bir sherigi yoʻq. Alloh taolo mushriklar Unga sherik xudo deb keltirayotgan barcha narsalardan yuksakdir, Unga hech bir narsa tenglasha olmaydi.

Shunday qudratli zotning qiyomatni qoim qilishi va u kundagi tasarruflari endigi oyatda bayon etiladi: