QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят68

وَنُفِخَ فِى ٱلصُّورِ فَصَعِقَ مَن فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ إِلَّا مَن شَآءَ ٱللَّهُ ۖ ثُمَّ نُفِخَ فِيهِ أُخْرَىٰ فَإِذَا هُمْ قِيَامٌ يَنظُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va surga puflandi. Osmonlaru yerda kim bo`lsa, qulab o`ldi. Magar Alloh xohlaganlargina qoldi. So`ngra unga yana bir bor puflandi. Bas, to`satdan ular turib intizor bo`lurlar.Ва сурга пуфланди. Осмонлару ерда ким бўлса, қулаб ўлди. Магар Аллоҳ хоҳлаганларгина қолди. Сўнгра унга яна бир бор пуфланди. Бас, тўсатдан улар туриб интизор бўлурлар.Alauddin Mansour: Sur chalindi-yu, osmonlar va Yerdagi bor jonzot oʻldi, magar Alloh xohlagan zotlargina (tirik qoldilar). Soʻngra u ikkinchi bor chalindi-da, banogoh ular (yaʼni, barcha xaloyiq qayta tirildi, qabrlaridan) turib, (Allohning amriga) koʻz tutarlar.Сур чалинди-ю, осмонлар ва Ердаги бор жонзот ўлди, магар Аллоҳ хоҳлаган зотларгина (тирик қолдилар). Сўнгра у иккинчи бор чалинди-да, баногоҳ улар (яъни, барча халойиқ қайта тирилди, қабрларидан) туриб, (Аллоҳнинг амрига) кўз тутарлар.

466-sahifa · 24-juz · 47-hizb466-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَنُفِخَva puflandiва пуфландиفِى-ga-гаٱلصُّورِsurсурفَصَعِقَbas, qulab oʻldiбас, қулаб ўлдиمَنkimкимفِى-da-даٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَمَنva kimва кимفِى-da-даٱلْأَرْضِyerерإِلَّاmagarмагарمَنkimniкимниشَآءَxohladiхоҳладиٱللَّهُ ۖAllohАллоҳثُمَّsoʻngraсўнграنُفِخَpuflandiпуфландиفِيهِungaунгаأُخْرَىٰyana bir borяна бир борفَإِذَاbas, toʻsatdanбас, тўсатданهُمْularуларقِيَامٌۭturibтурибيَنظُرُونَintizor boʻlurlarинтизор бўлурлар
TafsirТафсир

Qiyomatni qoim qilish Alloh taolo uchun qiyin ish emas. U zotning Oʻzi bunga bevosita aralashib yurmaydi ham. Faqat irodasi ketsa, boʻldi.

«Va surga puflandi.»

Sur–puflansa ovoz chiqaradigan asbobligi maʼlum. Unga farishta Isrofil alayhissalom Allohning amri ila puflaydi. Qiyomat qoim boʻlishi uchun avvalo surga bir marta puflanadi. Mana, Allohning irodasi ketdi.

«Va surga puflandi. Osmonlaru yerda kim boʻlsa, qulab oʻldi.»

Bunisi birinchi puflash boʻlib, «saʼq puflashi» deyiladi. «Saʼq» chaqmoq urib, yiqilib oʻlganga nisbatan aytiladi. Demak, surga birinchi bor puflanganda osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar chaqmoq urganday birdan yiqilib oʻladilar. Shuning uchun ham, bu puflash «saʼq»–«yiqilib oʻlish» puflashi, deyiladi.

«Magar Alloh xohlaganlargina qoldi.»

Allohning xohishi hamma narsadan ustun, shuning uchun, u zot xohlasa, baʼzi jonzotlar saʼq puflashidan keyin ham tirik qoladi.

«Soʻngra unga yana bir bor puflandi.»

Yaʼni, Isrofil alayhissalom tomonidan surga ikkinchi bor puflandi.

«Bas, toʻsatdan ular turib intizor boʻlurlar.»

Yaʼni, barcha xaloyiq tirilib, oʻrinlaridan turib, bundan keyin nima boʻlishini intizor boʻlib kutadilar. Shuning uchun ham, ikkinchi puflash «turish puflashi» deb nomlanadi.