وَأَشْرَقَتِ ٱلْأَرْضُ بِنُورِ رَبِّهَا وَوُضِعَ ٱلْكِتَـٰبُ وَجِا۟ىٓءَ بِٱلنَّبِيِّـۧنَ وَٱلشُّهَدَآءِ وَقُضِىَ بَيْنَهُم بِٱلْحَقِّ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va yer Robbi nuri ila yorishdi. Kitob qo`yildi. Payg`ambarlar va guvohlar keltirildi. Ular orasida haq ila hukm chiqarildi. Ularga zulm qilinmadi.Ва ер Робби нури ила ёришди. Китоб қўйилди. Пайғамбарлар ва гувоҳлар келтирилди. Улар орасида ҳақ ила ҳукм чиқарилди. Уларга зулм қилинмади.Alauddin Mansour: Yer (yaʼni, mahshargoh) Parvardigorining nuri bilan yorishdi; kitob — nomai aʼmol (hisob-kitob qilish uchun hozirlab) qoʻyildi; paygʻambarlar va guvohlar keltirildi va ularning (yaʼni, barcha bandalarning) oʻrtalarida (birontalariga) zulm qilinmagan holda haq (hukm) bilan hukm qilindi.Ер (яъни, маҳшаргоҳ) Парвардигорининг нури билан ёришди; китоб — номаи аъмол (ҳисоб-китоб қилиш учун ҳозирлаб) қўйилди; пайғамбарлар ва гувоҳлар келтирилди ва уларнинг (яъни, барча бандаларнинг) ўрталарида (биронталарига) зулм қилинмаган ҳолда ҳақ (ҳукм) билан ҳукм қилинди.
Bu oyati karimada qiyomat kuni hodisalarining vasfi davom etmoqda. Ikkinchi puflashdan keyin barcha xaloyiq qabridan darhol turib, nima boʻlishini kutayoggan edi. Endi surga uchinchi marta puflanadi. Bu puflashga «hashr (jamlash) puflashi» deyiladi. Chunki, bu puflashdan keyin hamma hashr maydoniga yigʻiladi. Ana oʻshanda bandalar orasida ajrim chiqarish uchun Alloh taolo tajalliy qiladi.
«Va yer Robbi nuri ila yorishdi.»
Yaʼni, mahshar maydoni Allohning nuri ila yop-yorugʻ boʻldi. U kunda faqat Allohning nuri boʻladi. Endi hamma narsa hisob- kitobga tayyor ham boʻldi.
«Kitob qoʻyildi.»
Bandalarning nomai aʼmollari–bu dunyoda qilgan amallari farishtalar tomonidan yozib yurilgan kitob oʻrtaga qoʻyildi.
«Paygʻambarlar va guvohlar keltirildi.»
Har bir bandaning har bir ishi oʻz lahzasida yozilganiga qaramay, yana ham taʼkidlash uchun va ummatlarga Allohning amrini yetkazganliklarini aytish uchun Paygʻambarlar keltirildilar. Har bir jonning ishlariga guvoh boʻlganlar, xususan, bu dunyoda unga biriktirilgan farishtalar ham keltiriladi. Demak, oʻta aniqlik bilan hukm chiqarilishida hech qanday shak-shubha yoʻq.
«Ular orasida haq ila hukm chiqarildi.»
Bandalar orasida haq–adolat ila hukm chiqarildi.
«Ularga zulm qilinmadi.»
Hech kimga amalidan ortiqcha yoki kam jazo berilmadi.