QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят70

وَوُفِّيَتْ كُلُّ نَفْسٍ مَّا عَمِلَتْ وَهُوَ أَعْلَمُ بِمَا يَفْعَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va har bir jonga qilgan amali (jazo yoki mukofoti) to`liq berildi. U zot ular qilayotgan ishlarni o`ta yaxshi bilguvchidir.Ва ҳар бир жонга қилган амали (жазо ёки мукофоти) тўлиқ берилди. У зот улар қилаётган ишларни ўта яхши билгувчидир.Alauddin Mansour: Va har bir jonga qilgan amali(ning mukofot yoki jazosi) komil qilib berildi, (Alloh) ularning qilar ishlarini juda yaxshi bilur;Ва ҳар бир жонга қилган амали(нинг мукофот ёки жазоси) комил қилиб берилди, (Аллоҳ) уларнинг қилар ишларини жуда яхши билур;

466-sahifa · 24-juz · 47-hizb466-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَوُفِّيَتْva toʻliq berildiва тўлиқ берилдиكُلُّhar birҳар бирنَفْسٍۢjongaжонгаمَّاnimaikiнимаикиعَمِلَتْu qilganу қилганوَهُوَva Uва Уأَعْلَمُoʻta yaxshi bilguvchidirўта яхши билгувчидирبِمَاnarsaniнарсаниيَفْعَلُونَular qilayotganулар қилаётган
TafsirТафсир

Qiyomatdagi hisob-kitob oʻta aniqlik bilan amalga oshirildi. Avvalo, bu dunyoda qilgan ishlari oʻta aniqlik bilan yozib yurilgan nomai aʼmol kitoblari olib kelindi. Aniq hukm chiqarish uchun shuning oʻzi yetar edi. Ammo Paygʻambarlar ham guvohlikka keltirildilar. Ular kishilarga Allohning amrini, taʼlimotini, vahiyini, kitobi va ahkomlarini qanday yetkazganlari haqida guvohlik berdilar. Hech kim, men bilmay qolibman, din haqida, shariat haqida tiriklik chogʻimda xabar eshitmagan edim, deya olmaydigan boʻldi.

Shuningdek, guvohlar ham keltirildi. Ular banda qachon, qayerda, qay tarzda nima qilgan boʻlsa, ochiq-oydin guvohlik berdilar. Ana oʻshalar asosida:

«Va har bir jonga qilgan amali (jazo yoki mukofoti) toʻliq berildi».

Zarra miqdoricha ham kamaytirilmadi.

«U zot ular qilayotgan ishlarni oʻta yaxshi bilguvchidir.»

Yuqorida aytilgan hujjat-dalil va guvohlar ustiga eng katta hujjat shuki, Alloh taoloning Oʻzi bandalarining qilayotgan ishlarini juda ham yaxshi bilguvchi zotdir.

Ana endi mahsharda hisob-kitob tugadi. Har kimga amaliga yarasha jazo yoki mukofot tayinlandi.