وَسِيقَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِلَىٰ جَهَنَّمَ زُمَرًا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُوهَا فُتِحَتْ أَبْوَٰبُهَا وَقَالَ لَهُمْ خَزَنَتُهَآ أَلَمْ يَأْتِكُمْ رُسُلٌ مِّنكُمْ يَتْلُونَ عَلَيْكُمْ ءَايَـٰتِ رَبِّكُمْ وَيُنذِرُونَكُمْ لِقَآءَ يَوْمِكُمْ هَـٰذَا ۚ قَالُوا۟ بَلَىٰ وَلَـٰكِنْ حَقَّتْ كَلِمَةُ ٱلْعَذَابِ عَلَى ٱلْكَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va kufr keltirganlar jahannamga guruh-guruh qilib haydaldi. Toki unga yetib kelgan chog`larida, uning eshiklari ochildi va uning qo`riqchilari ularga: «Sizlarga o`zingizdan bo`lgan Payg`ambarlar kelib, Robbingiz oyatlarini tilovat qilib bermadilarmi? Sizlarni ushbu kuningizga duchor bo`lishingizdan ogohlantirmadilarmi?!» – dedilar. Ular: «Ha! Lekin azob so`zi kofirlar ustiga haq bo`lgandir», dedilar.Ва куфр келтирганлар жаҳаннамга гуруҳ-гуруҳ қилиб ҳайдалди. Токи унга етиб келган чоғларида, унинг эшиклари очилди ва унинг қўриқчилари уларга: «Сизларга ўзингиздан бўлган Пайғамбарлар келиб, Роббингиз оятларини тиловат қилиб бермадиларми? Сизларни ушбу кунингизга дучор бўлишингиздан огоҳлантирмадиларми?!» – дедилар. Улар: «Ҳа! Лекин азоб сўзи кофирлар устига ҳақ бўлгандир», дедилар.Alauddin Mansour: Va kofir bulgan kimsa toʻda-toʻda qilinib jahannamga haydaldi. To qachon ular (jahannamga) kelib yetganlarida, uning darvozalari ochildi va uning qoʻriqchilari (kofirlarga): «Sizlarga oʻzlaringizdan boʻlgan paygʻambarlar — Parvardigorlaringizning oyatlarini sizlarga tilovat qilgan hollarida va sizlarni mana shu Kuningizdagi muloqotdan ogohlantirgan hollarida kelmaganmidilar», deganlarida ular: «Ha, (kelganlar), lekin azob soʻzi kofirlar ustiga haq boʻlgandir, (bas, bizlar ham ularni yolgʻonchi qilganimiz sababli mana shu azobga giriftor boʻldik)», dedilar.Ва кофир булган кимса тўда-тўда қилиниб жаҳаннамга ҳайдалди. То қачон улар (жаҳаннамга) келиб етганларида, унинг дарвозалари очилди ва унинг қўриқчилари (кофирларга): «Сизларга ўзларингиздан бўлган пайғамбарлар — Парвардигорларингизнинг оятларини сизларга тиловат қилган ҳолларида ва сизларни мана шу Кунингиздаги мулоқотдан огоҳлантирган ҳолларида келмаганмидилар», деганларида улар: «Ҳа, (келганлар), лекин азоб сўзи кофирлар устига ҳақ бўлгандир, (бас, бизлар ҳам уларни ёлғончи қилганимиз сабабли мана шу азобга гирифтор бўлдик)», дедилар.
Ajoyib bir manzara. Hukm chiqqanidan keyin kofirlar jamlanib jahannam tomon haydab ketildilar. Hamma yoq jim-jit. Kofirlar jahannamga yetib kelgan paytida hech qanday shovqinsuronsiz uning eshiklari ochildi. Hamma dahshatda. Jahannam neligini va u yerda nimalarga duchor boʻlishlarini ham bildilar. Shuning uchun ham, boshlarini egib, parishon holda ketmoqdalar. Shunda, birdan, ularga jahannamning qoʻriqchiligi vazifasini ado etuvchi farishtalar quyidagi savolni beradilar:
«Sizlarga oʻzingizdan boʻlgan Paygʻambarlar kelib, Robbingiz oyatlarini tilovat qilib bermadilarmi?»
Ey, shoʻri quriganlar, nimaga bu tomon kelyapsizlar?! Nima boʻldi sizlarga?! Nima, u dunyoda sizlarga oʻzingizdan boʻlgan, oddiy inson Paygʻambarlar kelmadimi?! Ular sizlarga Allohning oyatlarini tilovat qilib bermadimi?! Axir, Paygʻambarlar sizni bundan ogohlantirgan boʻlishlari kerak-ku!!! Ular sizga bu haqdagi oyatlarni tilovat qilib bergan boʻlishlari kerak-ku!!! Yoki, ular:
«Sizlarni ushbu kuningizga duchor boʻlishingizdan ogohlantirmadilarmi?!» – dedilar».
Kofirlar nima ham javob qila olardilar. Koʻp gapira ham olmaydilar.
«Ular: «Ha! Lekin azob soʻzi kofirlar ustiga haq boʻlgandir», dedilar.»
«Ha», oʻzimizdan boʻlgan Paygʻambarlar bizga kelgan, ular bizga Robbimizning oyatlarini tilovat qilib bergan va u kunning dahshatidan ogohlantirgan edilar, demoqchilar. Lekin toʻliq ayta olmaydilar. «Ha», deb qoʻyishga zoʻrgʻa yaraydilar. Ortidan esa, tan olib:
«Lekin azob soʻzi kofirlar ustiga haq boʻlgandir», deb oʻzlarining kofirliklarini eʼtirof etadilar. Shunda ularga: