قِيلَ ٱدْخُلُوٓا۟ أَبْوَٰبَ جَهَنَّمَ خَـٰلِدِينَ فِيهَا ۖ فَبِئْسَ مَثْوَى ٱلْمُتَكَبِّرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Jahannam eshiklaridan unda abadiy qolguvchi bo`lgan holingizda kiring», deyildi. Bas, mutakabbirlarning joyi qanday ham yomon bo`ldi.«Жаҳаннам эшикларидан унда абадий қолгувчи бўлган ҳолингизда киринг», дейилди. Бас, мутакаббирларнинг жойи қандай ҳам ёмон бўлди.Alauddin Mansour: (Shunda ularga) aytildi: «Jahannam darvozalaridan kiringlar! Sizlar oʻsha joyda mangu qolursizlar!» Bas, kibr-havo qilguvchi kimsalarning joylari naqadar yomondir!(Шунда уларга) айтилди: «Жаҳаннам дарвозаларидан киринглар! Сизлар ўша жойда мангу қолурсизлар!» Бас, кибр-ҳаво қилгувчи кимсаларнинг жойлари нақадар ёмондир!
Haligi jahannam qoʻriqchilari bilan boʻlgan savol-javobdan keyin kofirlarga:
«Jahannam eshiklaridan unda abadiy qolguvchi boʻlgan holingizda kiring», deyildi».
Ayni chogʻda ularga jahannamda abadiy qolishlari ham aytib qoʻyildi. Jahannam bu dunyoda iymonga kirishdan bosh tortib, kofir boʻlib oʻtgan mutakabbirlarga joy boʻldi.
«Bas, mutakabbirlarning joyi qanday ham yomon boʻldi.»
Jahannamga hukm qilinganlarning holi shunday boʻldi. Endi esa, jannatga hukm etilganlarning holi vasf qilinadi: