وَسِيقَ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ رَبَّهُمْ إِلَى ٱلْجَنَّةِ زُمَرًا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُوهَا وَفُتِحَتْ أَبْوَٰبُهَا وَقَالَ لَهُمْ خَزَنَتُهَا سَلَـٰمٌ عَلَيْكُمْ طِبْتُمْ فَٱدْخُلُوهَا خَـٰلِدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Robbilariga taqvo qilganlar jannatga guruh-guruh qilib olib borildilar. Toki unga yetib kelgan chog`larida, uning eshiklari ochildi va uning qo`riqchilari ularga: «Sizga salomlar bo`lsin! Xush keldingiz! Bas, unga abadiy qolguvchi bo`lgan holingizda kiring», dedilar.Ва Роббиларига тақво қилганлар жаннатга гуруҳ-гуруҳ қилиб олиб борилдилар. Токи унга етиб келган чоғларида, унинг эшиклари очилди ва унинг қўриқчилари уларга: «Сизга саломлар бўлсин! Хуш келдингиз! Бас, унга абадий қолгувчи бўлган ҳолингизда киринг», дедилар.Alauddin Mansour: Parvardigorlaridan qoʻrqqan zotlar esa toʻp-toʻp holda jannatga «haydaladilar». To qachon ular darvozalari ochilgan holdagi (jannatga) kelib yetganlarida va uning qoʻriqchilari: «Sizlarga tinchlik-omonlik boʻlsin! Xush keldingiz! Bas, unga mangu qolguvchi boʻlgan hollaringizda kiringiz», deganlarida (ular behad shodlanurlar).Парвардигорларидан қўрққан зотлар эса тўп-тўп ҳолда жаннатга «ҳайдаладилар». То қачон улар дарвозалари очилган ҳолдаги (жаннатга) келиб етганларида ва унинг қўриқчилари: «Сизларга тинчлик-омонлик бўлсин! Хуш келдингиз! Бас, унга мангу қолгувчи бўлган ҳолларингизда кирингиз», деганларида (улар беҳад шодланурлар).
Bu holat jahannam ahlining holatidan tamoman boshqacha. Hamma tomonda xursandlik, hamma tomonda shodu xurramlik barq urib turadi. Qoʻriqchilarning gapi ham salom, tabrik va bashoratdan iborat. Jannat ahlining gapida ham Alloh taologa hamdu sano, xursandlik bor. Naqadar yaxshi holat! Naqadar goʻzal joy! Naqadar yaxshi mukofot!
«Va Robbilariga taqvo qilganlar jannatga guruh-guruh qilib olib borildilar.»
Mazkur saodatmand bandalarning jannatiy boʻlishlarining asosiy boisi Robbilariga taqvo qilganlari ekan. Ana oʻsha taqvo sifatiga ega boʻlganlari uchun ham, qiyomat kuni ularni guruh- guruh qilib jannatga olib borilar ekan. Shuning oʻzidan taqvodorlik qanchalar zarur narsa ekanini tushunib olishimiz kerak boʻladi.
Ana, jannatga kirishlariga hukm chiqqan xushbaxt bandalarni jannatga olib kelindi. Ularning butun vujudlaridan quvonch yogʻilib turibdi. Mana, orziqib kutilgan jannat eshigi ham koʻrindi. Jannatiylarning shavqu zavqlari yana ham ziyoda boʻlib uning eshiklari tomon yoʻllandilar.
«Toki unga yetib kelgan chogʻlarida, uning eshiklari ochildi va uning qoʻriqchilari ularga: «Sizga salomlar boʻlsin! Xush keldingiz! Bas, unga abadiy qolguvchi boʻlgan holingizda kiring», dedilar.»
Jannatning eshik ogʻasi boʻlgan farishtalar Robbilariga taqvo qilgan bandalarni tabrik soʻzlari bilan:
«Sizga salomlar boʻlsin! Xush keldingiz!»–deb kutib oldilar. Soʻngra jannatiylarning koʻngillarini yana ham toʻq qilish uchun:
Bas, unga abadiy qolguvchi boʻlgan holingizda kiring», dedilar».
Ha, jannatga doimiy qolish uchun, uning nozu neʼmatlaridan doimiy lazzatlanish uchun kiringlar, dedilar.
Jannatiylar jannat eshik ogʻalarining bundoq iltifotlariga oʻzlariga xos muomala ila javob iltifoti koʻrsatdilar:
«Ular: «Bizlarga bergan vaʼdasini rost qilgan va bizga bu yerni meros qilib bergan Allohga hamdlar boʻlsin».
Oh! Bu naqadar yuksak odob. Oʻzini bilish, Robbisini tanish qandoq ham yaxshi. Jannatiy bandalar, oʻzlariga berilgan oliy maqom va doimiy saodat xabarini eshitishlari bilan, darhol, Oʻz Robbilariga, ularga bergan vaʼdasiga amal qilib ularni jannatga kiritgan Allohga hamd aytmoqdalar!
Ular Allohning vaʼdasi haq ekanini yaxshi biladilar. Shuning uchun, jannatga kirmaslaridan avval Allohning vaʼdasiga binoan undan qandoq joy olishlarini bilib,
«Endi undan xohlagan joyimizni olamiz», dedilar».
Ana, koʻrdingizmi, bu qandoq ham yaxshi! Qandoq ham goʻzal!
«Bas, amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi boʻldi!»
Va nihoyat, «Zumar» surasining oxirgi oyatida qiyomat sahnasiga yakun yasaladi.