QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят74

وَقَالُوا۟ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى صَدَقَنَا وَعْدَهُۥ وَأَوْرَثَنَا ٱلْأَرْضَ نَتَبَوَّأُ مِنَ ٱلْجَنَّةِ حَيْثُ نَشَآءُ ۖ فَنِعْمَ أَجْرُ ٱلْعَـٰمِلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Bizlarga bergan va'dasini rost qilgan va bizga bu yerni meros qilib bergan Allohga hamdlar bo`lsin. Endi undan xohlagan joyimizni olamiz», dedilar. Bas, amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi bo`ldi!Улар: «Бизларга берган ваъдасини рост қилган ва бизга бу ерни мерос қилиб берган Аллоҳга ҳамдлар бўлсин. Энди ундан хоҳлаган жойимизни оламиз», дедилар. Бас, амал қилувчиларнинг ажри қандай ҳам яхши бўлди!Alauddin Mansour: Va «Bizlarga vaʼdasini rost qilgan va bizlarni bu (jannat) yeriga voris qilgan hamda jannatdan oʻzimiz xohlagan tarafda oʻrin olishimizga (muvaffaq qilgan) Allohga hamdu sano boʻlsin», derlar. Bas, (chiroyli) amal qilguvchi zotlarning ajr-mukofoti naqadar yaxshidir!Ва «Бизларга ваъдасини рост қилган ва бизларни бу (жаннат) ерига ворис қилган ҳамда жаннатдан ўзимиз хоҳлаган тарафда ўрин олишимизга (муваффақ қилган) Аллоҳга ҳамду сано бўлсин», дерлар. Бас, (чиройли) амал қилгувчи зотларнинг ажр-мукофоти нақадар яхшидир!

466-sahifa · 24-juz · 47-hizb466-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالُوا۟va ular dedilarва улар дедиларٱلْحَمْدُhamdlar boʻlsinҳамдлар бўлсинلِلَّهِAllohgaАллоҳгаٱلَّذِىU zotkiУ зоткиصَدَقَنَاbizga rost qildiбизга рост қилдиوَعْدَهُۥvaʼdasiniваъдасиниوَأَوْرَثَنَاva bizga meros qilib berdiва бизга мерос қилиб бердиٱلْأَرْضَbu yerniбу ерниنَتَبَوَّأُjoy olamizжой оламизمِنَ-dan-данٱلْجَنَّةِjannatжаннатحَيْثُqayerniқаерниنَشَآءُ ۖxohlasakхоҳласакفَنِعْمَbas, qanday ham yaxshiбас, қандай ҳам яхшиأَجْرُajriажриٱلْعَـٰمِلِينَamal qiluvchilarningамал қилувчиларнинг
TafsirТафсир

Bu holat jahannam ahlining holatidan tamoman boshqacha. Hamma tomonda xursandlik, hamma tomonda shodu xurramlik barq urib turadi. Qoʻriqchilarning gapi ham salom, tabrik va bashoratdan iborat. Jannat ahlining gapida ham Alloh taologa hamdu sano, xursandlik bor. Naqadar yaxshi holat! Naqadar goʻzal joy! Naqadar yaxshi mukofot!

«Va Robbilariga taqvo qilganlar jannatga guruh-guruh qilib olib borildilar.»

Mazkur saodatmand bandalarning jannatiy boʻlishlarining asosiy boisi Robbilariga taqvo qilganlari ekan. Ana oʻsha taqvo sifatiga ega boʻlganlari uchun ham, qiyomat kuni ularni guruh- guruh qilib jannatga olib borilar ekan. Shuning oʻzidan taqvodorlik qanchalar zarur narsa ekanini tushunib olishimiz kerak boʻladi.

Ana, jannatga kirishlariga hukm chiqqan xushbaxt bandalarni jannatga olib kelindi. Ularning butun vujudlaridan quvonch yogʻilib turibdi. Mana, orziqib kutilgan jannat eshigi ham koʻrindi. Jannatiylarning shavqu zavqlari yana ham ziyoda boʻlib uning eshiklari tomon yoʻllandilar.

«Toki unga yetib kelgan chogʻlarida, uning eshiklari ochildi va uning qoʻriqchilari ularga: «Sizga salomlar boʻlsin! Xush keldingiz! Bas, unga abadiy qolguvchi boʻlgan holingizda kiring», dedilar.»

Jannatning eshik ogʻasi boʻlgan farishtalar Robbilariga taqvo qilgan bandalarni tabrik soʻzlari bilan:

«Sizga salomlar boʻlsin! Xush keldingiz!»–deb kutib oldilar. Soʻngra jannatiylarning koʻngillarini yana ham toʻq qilish uchun:

Bas, unga abadiy qolguvchi boʻlgan holingizda kiring», dedilar».

Ha, jannatga doimiy qolish uchun, uning nozu neʼmatlaridan doimiy lazzatlanish uchun kiringlar, dedilar.

Jannatiylar jannat eshik ogʻalarining bundoq iltifotlariga oʻzlariga xos muomala ila javob iltifoti koʻrsatdilar:

«Ular: «Bizlarga bergan vaʼdasini rost qilgan va bizga bu yerni meros qilib bergan Allohga hamdlar boʻlsin».

Oh! Bu naqadar yuksak odob. Oʻzini bilish, Robbisini tanish qandoq ham yaxshi. Jannatiy bandalar, oʻzlariga berilgan oliy maqom va doimiy saodat xabarini eshitishlari bilan, darhol, Oʻz Robbilariga, ularga bergan vaʼdasiga amal qilib ularni jannatga kiritgan Allohga hamd aytmoqdalar!

Ular Allohning vaʼdasi haq ekanini yaxshi biladilar. Shuning uchun, jannatga kirmaslaridan avval Allohning vaʼdasiga binoan undan qandoq joy olishlarini bilib,

«Endi undan xohlagan joyimizni olamiz», dedilar».

Ana, koʻrdingizmi, bu qandoq ham yaxshi! Qandoq ham goʻzal!

«Bas, amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi boʻldi!»

Va nihoyat, «Zumar» surasining oxirgi oyatida qiyomat sahnasiga yakun yasaladi.