QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят75

وَتَرَى ٱلْمَلَـٰٓئِكَةَ حَآفِّينَ مِنْ حَوْلِ ٱلْعَرْشِ يُسَبِّحُونَ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ ۖ وَقُضِىَ بَيْنَهُم بِٱلْحَقِّ وَقِيلَ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va farishtalarni Arshni o`rab olib Robbilariga hamd ila tasbih aytayotgan holda ko`rursan. Ular orasida haq ila hukm qilindi va: «Olamlarning Robbi Allohga hamdu sano bo`lsin!» – deyildi.Ва фаришталарни Аршни ўраб олиб Роббиларига ҳамд ила тасбиҳ айтаётган ҳолда кўрурсан. Улар орасида ҳақ ила ҳукм қилинди ва: «Оламларнинг Робби Аллоҳга ҳамду сано бўлсин!» – дейилди.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz (oʻsha Kunda) farishtalar Arsh atrofini oʻrab olgan hollarida Parvardigorlariga hamdu sano aytish bilan (U zotni) poklab-tasbeh aytayotganlarini koʻrursiz. (Zero) ularning (yaʼni, barcha bandalarning) oʻrtalaridan haq (hukm) bilan hukm qilindi. Va «Hamdu sano barcha olamlarning Parvardigori boʻlmish Alloh uchundir», deyildi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз (ўша Кунда) фаришталар Арш атрофини ўраб олган ҳолларида Парвардигорларига ҳамду сано айтиш билан (У зотни) поклаб-тасбеҳ айтаётганларини кўрурсиз. (Зеро) уларнинг (яъни, барча бандаларнинг) ўрталаридан ҳақ (ҳукм) билан ҳукм қилинди. Ва «Ҳамду сано барча оламларнинг Парвардигори бўлмиш Аллоҳ учундир», дейилди.

467-sahifa · 24-juz · 47-hizb467-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَتَرَىva koʻrursanва кўрурсанٱلْمَلَـٰٓئِكَةَfarishtalarniфаришталарниحَآفِّينَoʻrab olgan holdaўраб олган ҳолдаمِنْ-dan-данحَوْلِatrofiniатрофиниٱلْعَرْشِArshАршيُسَبِّحُونَtasbih aytayotganтасбиҳ айтаётганبِحَمْدِhamd ilaҳамд илаرَبِّهِمْ ۖRobbilarigaРоббиларигаوَقُضِىَva hukm qilinurва ҳукм қилинурبَيْنَهُمular orasidaулар орасидаبِٱلْحَقِّhaq ilaҳақ илаوَقِيلَva deyildiва дейилдиٱلْحَمْدُhamdu sano boʻlsinҳамду сано бўлсинلِلَّهِAllohgaАллоҳгаرَبِّRobbiРоббиٱلْعَـٰلَمِينَolamlarningоламларнинг
TafsirТафсир

Oʻsha ishlar boʻlgan qiyomat kunida farishtalar Arshni oʻrab olib, Alloh taologa hamdu sano aytib, uni barcha ayblardan poklab yodga olib turadilar. Oʻshanda:

«Ular orasida haq ila hukm qilindi...»

Yaʼni, bandalar orasida adolat ila hukm qilindi

«...va: «Olamlarning Robbi Allohga hamdu sano boʻlsin!» – deyildi.»

Bu hamdu sanoni butun olamlar, butun borliq bir ovozdan aytdi. Bu hol ham Alloh taoloning vahdoniyatiga yorqin dalildir.

Olamlarning Robbi Allohga, uning yolgʻiz oʻziga bitmas-tuganmas hamdu sanolar boʻlsin!