وَمَن يَكْسِبْ إِثْمًا فَإِنَّمَا يَكْسِبُهُۥ عَلَىٰ نَفْسِهِۦ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim gunoh qilsa, uni faqatgina o`z zarariga qiladir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.Ким гуноҳ қилса, уни фақатгина ўз зарарига қиладир. Ва Аллоҳ билувчи ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Kimki biron gunoh qilsa, faqat oʻziga zarar qilgan boʻladi. Alloh bilim va hikmat egasi boʻlgan Zotdir.Кимки бирон гуноҳ қилса, фақат ўзига зарар қилган бўлади. Аллоҳ билим ва ҳикмат эгаси бўлган Зотдир.
Birovning gunohi uchun boshqa birov javobgar boʻlmaydi. Har kim oʻz qilmishi uchun javobgar boʻladi. Alloh hamma narsani bilib turadi, jumladan, gunohkorlarning gunohlarini ham bilib turadi. Oʻsha bilishga binoan gunohkorni jazolashi U zotning har bir narsani hikmat bilan qilishligidandir.