QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят110

وَمَن يَعْمَلْ سُوٓءًا أَوْ يَظْلِمْ نَفْسَهُۥ ثُمَّ يَسْتَغْفِرِ ٱللَّهَ يَجِدِ ٱللَّهَ غَفُورًا رَّحِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim yomonlik qilsa yoki o`ziga zulm etsa, so`ngra Allohga istig`for aytsa, Allohni mag`firatli va rahimli Zot topadir.Ким ёмонлик қилса ёки ўзига зулм этса, сўнгра Аллоҳга истиғфор айтса, Аллоҳни мағфиратли ва раҳимли Зот топадир.Alauddin Mansour: Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki oʻz joniga jabr qilsa, soʻngra Allohdan magʻfirat soʻrasa, Allohni magʻfirat qilguvchi va mehribon ekanini topar-koʻrar.Ким бирон-бир ёмон иш қилса ёки ўз жонига жабр қилса, сўнгра Аллоҳдан мағфират сўраса, Аллоҳни мағфират қилгувчи ва меҳрибон эканини топар-кўрар.

96-sahifa · 5-juz · 10-hizb96-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنva kimва кимيَعْمَلْqilsaқилсаسُوٓءًاyomonlikёмонликأَوْyokiёкиيَظْلِمْzulm etsaзулм этсаنَفْسَهُۥoʻzigaўзигаثُمَّsoʻngraсўнграيَسْتَغْفِرِistigʻfor aytsaистиғфор айтсаٱللَّهَAllohgaАллоҳгаيَجِدِtopadiтопадиٱللَّهَAllohniАллоҳниغَفُورًۭاmagʻfiratliмағфиратлиرَّحِيمًۭاrahmliраҳмли
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Alloh subhonahu taolo tavba qilgan bandalarga Oʻzining marhamat qilgan fazlu karami va bagʻri kengligidan xabar bermoqda.

Bu oyati karima haqida hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu quyidagilarni aytganlar:

«Alloh oʻz bandalariga karami, avfi, hilmi, rahmatining kengligi va magʻfiratining beqiyosligi haqida xabar bermoqda. Kim kichikmi-kattami gunoh qilsa-yu, soʻngra Allohga istigʻfor aytsa, Allohni magʻfiratli va rahimli Zot topadi. Garchi gunohlari osmonlaru yerdan, togʻlardan katta boʻlsa ham».

Ibn Jarir Abdullohdan quyidagilarni rivoyat qiladi: Abdulloh roziyallohu anhu:

«Bani Isroildan bir kishi gunoh qilsa, ertalab oʻsha gunohning nima bilan yuvilishi eshigiga yozilib qolar edi. Kiyimiga siydik tegsa, oʻsha joyni qaychi bilan qiyib tashlar edi», dedilar. Bir kishi:

«Alloh taolo Bani Isroilga xoʻp yaxshilikni ato qilgan ekan- da», dedi. Abdulloh roziyallohu anhu:

«Sizga bergan narsasi ularga berganidan yaxshidir. Suvni siz uchun pokizalovchi qilib qoʻyibdi. Alloh taolo: «Kim yomonlik qilsa yoki oʻziga zulm etsa, soʻngra Allohga istigʻfor aytsa, Allohni magʻfiratli va rahimli Zot topadi», deb qoʻyibdi», dedilar.

Demak, Alloh taolo tomonidan berilgan bu ulkan fazlga munosib boʻlish lozim. Musulmon shaxs bilib-bilmay biror yomonlik sodir etib qoʻysa, darhol istigʻforga, tavbaga shoshilishi lozim.