هَـٰٓأَنتُمْ هَـٰٓؤُلَآءِ جَـٰدَلْتُمْ عَنْهُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا فَمَن يُجَـٰدِلُ ٱللَّهَ عَنْهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ أَم مَّن يَكُونُ عَلَيْهِمْ وَكِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Hoy, sizlar! Bu hayoti dunyoda ularning yonini oldingiz. Qiyomat kunida Alloh oldida ularning yonini kim oladir yoki kim ularga vakil bo`ladir?!Ҳой, сизлар! Бу ҳаёти дунёда уларнинг ёнини олдингиз. Қиёмат кунида Аллоҳ олдида уларнинг ёнини ким оладир ёки ким уларга вакил бўладир?!Alauddin Mansour: Hoy sizlar, bu dunyoda-ku, ularning yonini oldingiz. Endi Qiyomat Kunida kim ularni Allohdan himoya qilib yonlarini olur yoki kim ularning ustida vakil boʻlib turar?!Ҳой сизлар, бу дунёда-ку, уларнинг ёнини олдингиз. Энди Қиёмат Кунида ким уларни Аллоҳдан ҳимоя қилиб ёнларини олур ёки ким уларнинг устида вакил бўлиб турар?!
Allohning xiyonatchilarning yonini olganlarga qaratilgan itobi yana davom etmoqda.
«Hoy, sizlar! Bu hayoti dunyoda ularning yonini oldingiz».
Bu dunyoda tarafkashlik ruhi gʻolib kelib, u gunoh va xiyonat qilganlarning yonini olmoqdasizlar. Ular bu dunyoda qutulib ketishlari mumkin, ammo u dunyoda nima boʻladi?
«Qiyomat kunida Alloh oldida ularning yonini kim oladir yoki kim ularga vakil boʻladir?!»
Qiyomat kuni Allohning huzurida hech narsani yashirib boʻlmaydi. Hech kim birovning yonini ololmaydi. Hamma oʻzi bilan ovora boʻladi. Ana oʻsha paytda ularning yonini kim oladi?
Boʻlib oʻtgan hodisaga kerakligicha munosabat bildirilgandan soʻng, bunday hollarda amal qilish lozim boʻlgan umumiy qoida zikr etiladi: