يَسْتَخْفُونَ مِنَ ٱلنَّاسِ وَلَا يَسْتَخْفُونَ مِنَ ٱللَّهِ وَهُوَ مَعَهُمْ إِذْ يُبَيِّتُونَ مَا لَا يَرْضَىٰ مِنَ ٱلْقَوْلِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlardan yashirarlar va Allohdan yashira olmaslar. Holbuki, U O`zi rozi bo`lmaydigan gapni xufyona kelishayotganlarida ham ular ila birgadir. Va Alloh ular qilayotgan amallarni ihota qiluvchi Zotdir.Одамлардан яширарлар ва Аллоҳдан яшира олмаслар. Ҳолбуки, У Ўзи рози бўлмайдиган гапни хуфёна келишаётганларида ҳам улар ила биргадир. Ва Аллоҳ улар қилаётган амалларни иҳота қилувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Ular (oʻzlarining jinoyatlarini) odamlardan yashira oladilar, ammo Allohdan yashira olmaydilar. U Oʻzi rozi boʻlmaydigan gaplarning rejasini xufyona tuzayotgan paytlarida ham ular bilan birga boʻlur. Alloh ularning qilayotgan amallarini ihota qilguvchi boʻlgan Zotdir.Улар (ўзларининг жиноятларини) одамлардан яшира оладилар, аммо Аллоҳдан яшира олмайдилар. У Ўзи рози бўлмайдиган гапларнинг режасини хуфёна тузаётган пайтларида ҳам улар билан бирга бўлур. Аллоҳ уларнинг қилаётган амалларини иҳота қилгувчи бўлган Зотдир.
Yaʼni, mazkur kishilar qilayotgan ishlarini oʻzlaricha:
«Odamlardan yashirarlar va Allohdan yashira olmaslar».
Ular qarindoshlaridan birining oʻgʻriligini, odamlar bilib qolmasin deb, yashirishga urinadilar. Oʻgʻirlangan narsani beayb yahudiyning uyiga olib borib qoʻyib, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga birovning ustidan shikoyat qiladilar. Bu ishlarni, aybni odamlardan yashirish uchun qiladilar. Ammo haqiqatni Allohdan yashira olmasliklari hech xayollariga kelmaydi. U har bir narsani koʻrib-bilib turishini unutganlar:
«Holbuki, U Oʻzi rozi boʻlmaydigan gapni xufyona kelishayotganlarida ham ular ila birgadir».
Birga turgan qodir Zotdan biror narsani yashirib boʻladimi?! Alloh dunyodagi kattayu kichik har bir narsani bilib turuvchi Zotdir. Ushbu haqiqat oyatning oxirida ham taʼkidlanadi:
«Va Alloh ular qilayotgan amallarni ixota qiluvchi Zotdir».
Shunday ekan, undan biror narsani yashirishga urinib nima qiladilar!