وَلَا تُجَـٰدِلْ عَنِ ٱلَّذِينَ يَخْتَانُونَ أَنفُسَهُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ مَن كَانَ خَوَّانًا أَثِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`z jonlariga xiyonat qiladiganlarni mudofaa qilma. Albatta, Alloh xiyonatchi va gunohkor bo`lgan kimsani xush ko`rmas.Ўз жонларига хиёнат қиладиганларни мудофаа қилма. Албатта, Аллоҳ хиёнатчи ва гуноҳкор бўлган кимсани хуш кўрмас.Alauddin Mansour: Siz oʻzlariga xiyonat qiladigan (jinoyatkor) kimsalarning yonini olmang! Albatta, Alloh xoin va jinoyatchi boʻlgan kimsalarni sevmaydi.Сиз ўзларига хиёнат қиладиган (жинояткор) кимсаларнинг ёнини олманг! Албатта, Аллоҳ хоин ва жиноятчи бўлган кимсаларни севмайди.
Alloh taolo Toʻʼma ibn Ubayraq va uning qarindoshlarini «oʻz jonlariga xiyonat qilganlar», deb vasf qilmoqda. Aslida, ular yahudiy shaxsga xiyonat qilgan, oʻgʻrilik aybini unga agʻdargan edilar. Lekin bu ishning yomonligi ularga qaytishi eʼtiboridan, ular oʻzlariga xiyonat qilgan hisoblanadilar. Shuning uchun ham, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning ularni himoya–mudofaa qilishlari nooʻrin, deb topilmoqda. Mazkur nomaʼqul ishni qilganlar gunohkor va xiyonatchi, deb atalmoqda. Oʻgʻrilik qilish–gunohkorlik, aybni nohaqdan birovga agʻdarish esa, xiyonatdir.