QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят113

وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكَ وَرَحْمَتُهُۥ لَهَمَّت طَّآئِفَةٌ مِّنْهُمْ أَن يُضِلُّوكَ وَمَا يُضِلُّونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمْ ۖ وَمَا يَضُرُّونَكَ مِن شَىْءٍ ۚ وَأَنزَلَ ٱللَّهُ عَلَيْكَ ٱلْكِتَـٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَعَلَّمَكَ مَا لَمْ تَكُن تَعْلَمُ ۚ وَكَانَ فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكَ عَظِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar senga Allohning fazli va rahmati bo`lmaganida, ulardan bir toifasi seni adashtirishga uringan edilar. Ular faqat o`zlarini adashtiradilar, xolos. Senga hech zarar yetkaza olmaslar. Alloh senga kitobni va hikmatni tushirdi hamda bilmagan narsangni bildirdi. Va senga Allohning fazli ulug` bo`ldi.Агар сенга Аллоҳнинг фазли ва раҳмати бўлмаганида, улардан бир тоифаси сени адаштиришга уринган эдилар. Улар фақат ўзларини адаштирадилар, холос. Сенга ҳеч зарар етказа олмаслар. Аллоҳ сенга китобни ва ҳикматни туширди ҳамда билмаган нарсангни билдирди. Ва сенга Аллоҳнинг фазли улуғ бўлди.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), agar sizga Allohning fazlu marhamati boʻlmaganda edi, ulardan bir toifasi sizni yoʻldan ozdirishga urinib qolgan edi. Lekin ular faqat oʻzlarini adashtiradilar, xolos. Sizga esa biron ziyon yetkaza olmaydilar. (Zero) Alloh sizga Kitob va hikmatni nozil qildi va bilmagan narsalaringizni bildirdi. Allohning sizga qilgan fazlu marhamati ulugʻ boʻldi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), агар сизга Аллоҳнинг фазлу марҳамати бўлмаганда эди, улардан бир тоифаси сизни йўлдан оздиришга уриниб қолган эди. Лекин улар фақат ўзларини адаштирадилар, холос. Сизга эса бирон зиён етказа олмайдилар. (Зеро) Аллоҳ сизга Китоб ва ҳикматни нозил қилди ва билмаган нарсаларингизни билдирди. Аллоҳнинг сизга қилган фазлу марҳамати улуғ бўлди.

96-sahifa · 5-juz · 10-hizb96-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْلَاva agar boʻlmaganidaва агар бўлмаганидаفَضْلُfazliфазлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингعَلَيْكَsengaсенгаوَرَحْمَتُهُۥva Uning rahmatiва Унинг раҳматиلَهَمَّتalbatta, azm qilgan ediалбатта, азм қилган эдиطَّآئِفَةٌۭbir toifaбир тоифаمِّنْهُمْulardanуларданأَن-ga-гаيُضِلُّوكَseni adashtirishgaсени адаштиришгаوَمَاva emasва эмасيُضِلُّونَular adashtirarlarулар адаштирарларإِلَّآfaqatфақатأَنفُسَهُمْ ۖoʻzlariniўзлариниوَمَاva emasва эмасيَضُرُّونَكَsenga zarar yetkazarlarсенга зарар етказарларمِن-dan-данشَىْءٍۢ ۚhech narsaҳеч нарсаوَأَنزَلَva tushirdiва туширдиٱللَّهُAllohАллоҳعَلَيْكَsengaсенгаٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниوَٱلْحِكْمَةَva hikmatniва ҳикматниوَعَلَّمَكَva senga bildirdiва сенга билдирдиمَاnarsaniнарсаниلَمْemasэмасتَكُنsen boʻlganсен бўлганتَعْلَمُ ۚbilarбиларوَكَانَva boʻldiва бўлдиفَضْلُfazliфазлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингعَلَيْكَsengaсенгаعَظِيمًۭاulugʻулуғ
TafsirТафсир

Yaʼni, Alloh taolo Oʻz fazli va marhamati ila oyatlar tushirib, haqiqatni bayon qilmaganida, Toʻʼma ibn Ubayraqning qavmi uni odamlar oldida oqlashni talab qilib, aybni yahudiy shaxsga agʻdarib, Paygʻambarni adashtirishga urinib qolgan edilar.

«Agar senga Allohning fazli va rahmati boʻlmaganida, ulardan bir toifasi seni adashtirishga uringan edilar».

Ammo bu ishlari bilan ular oʻzlarini adashtiradilar, xolos. Ular har qancha urinsalar ham Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga zarar yetkaza olmaydilar.

«Ular faqat oʻzlarini adashtiradilar, xolos. Senga hech zarar yetkaza olmaslar».

Alloh doimo Oʻz Paygʻambarini saqlaydi. Mazkur hodisada noqulaylikdan saqlab qolgani ham oʻziga xos fazlu karamdir. Lekin asosiy fazli va haqiqiy marhamati:

«Alloh senga kitobni va hikmatni tushirdi hamda bilmagan narsangni bildirdi. Va senga Allohning fazli ulugʻ boʻldi».

Toʻʼma ibn Ubayraq hodisasi, uning qavmining sirli maslahatlari haqidagi va unga tegishli gaplarni muolaja qilib boʻlgandan soʻng, Alloh taolo quyidagi oyatlarda umumiy qilib maxfiy suhbatlarni bilib turishini, ularning qaysinisi foydaligiyu qaysinisi befoyda ekanini, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xilof qilishning oqibati nima bilan tugashini bayon qiladi: