QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят114

۞ لَّا خَيْرَ فِى كَثِيرٍ مِّن نَّجْوَىٰهُمْ إِلَّا مَنْ أَمَرَ بِصَدَقَةٍ أَوْ مَعْرُوفٍ أَوْ إِصْلَـٰحٍۭ بَيْنَ ٱلنَّاسِ ۚ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ ٱبْتِغَآءَ مَرْضَاتِ ٱللَّهِ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning ko`pgina maxfiy suhbatlarida yaxshilik yo`q, magar kim sadaqaga, yaxshilikka va odamlar orasida islohga amr qilsagina, yaxshilik bor. Kim o`sha ishni Allohning roziligi uchun qilsa, albatta, unga ulug` ajr berurmiz.Уларнинг кўпгина махфий суҳбатларида яхшилик йўқ, магар ким садақага, яхшиликка ва одамлар орасида ислоҳга амр қилсагина, яхшилик бор. Ким ўша ишни Аллоҳнинг розилиги учун қилса, албатта, унга улуғ ажр берурмиз.Alauddin Mansour: Ularning koʻp maxfiy suhbatlaridan — agar sadaqa berishga yo biron yaxshilik qilishga yoki odamlar oʻrtasini isloh qilishga buyurgan boʻlmasalar — hech qanday foyda yoʻqdir. Kim Alloh rizosini istab bu ishlarni qilsa, unga ulugʻ mukofot berajakmiz.Уларнинг кўп махфий суҳбатларидан — агар садақа беришга ё бирон яхшилик қилишга ёки одамлар ўртасини ислоҳ қилишга буюрган бўлмасалар — ҳеч қандай фойда йўқдир. Ким Аллоҳ ризосини истаб бу ишларни қилса, унга улуғ мукофот беражакмиз.

97-sahifa · 5-juz · 10-hizb97-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ لَّاyoʻqйўқخَيْرَyaxshilikяхшиликفِى-da-даكَثِيرٍۢkoʻpginaкўпгинаمِّن-dan-данنَّجْوَىٰهُمْmaxfiy suhbatlariмахфий суҳбатлариإِلَّاmagarмагарمَنْkimкимأَمَرَamr qilsaамр қилсаبِصَدَقَةٍsadaqagaсадақагаأَوْyokiёкиمَعْرُوفٍyaxshilikkaяхшиликкаأَوْyokiёкиإِصْلَـٰحٍۭislohgaислоҳгаبَيْنَorasidaорасидаٱلنَّاسِ ۚodamlarодамларوَمَنva kimва кимيَفْعَلْqilsaқилсаذَٰلِكَoʻsha ishniўша ишниٱبْتِغَآءَistabистабمَرْضَاتِroziliginiрозилигиниٱللَّهِAllohningАллоҳнингفَسَوْفَbas, albattaбас, албаттаنُؤْتِيهِunga beramizунга берамизأَجْرًاajrажрعَظِيمًۭاulugʻулуғ
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada biz «maxfiy suhbat» deb tarjima qilganimiz soʻz arabchada «najvo» boʻlib kelgan. Unda bir toifa odam musulmonlar jamoasidan chetda, rahbarlariga bildirmasdan, yashirin holda biror nojoʻya maslahatni qiladilar. Xuddi shu holat Toʻʼma ibn Ubayraq hodisasida ham boʻlgan edi. Oʻgʻrilik sodir boʻlgandan soʻng, Toʻʼmaning qarindoshlari yigʻilib, maxfiy suhbat qurishgan va sovutni yahudiy Zayd ibn as-Saminning uyiga olib borib qoʻyishgan va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib: «Sovutni biz emas, falonchi oʻgʻirlagan edi, ammo Qatoda bizga tuhmat qilyapti», deb shikoyat etishgan edi. Bu oyatda hukm umumiylashtirilib, baʼzi bir istisno qilingan holatlardan bosh- qa hollarda maxfiy suhbatlardan yaxshilik chiqmasligi bayon qilinmoqda.

«Ularning koʻpgina maxfiy suhbatlarida yaxshilik yoʻq, magar kim sadaqaga, yaxshilikka va odamlar orasida islohga amr qilsagina, yaxshilik bor».

Aslida, yomonlik boʻlmasa, maxfiylikka hojat ham yoʻq. Yaxshilik ish doimo ochiqchasiga qilinadi. Baʼzi bir holatlarda sadaqaga, yaxshilikka va odamlar orasida islohga amr etish sohasida maxfiy suhbatlar boʻlsa, unda yaxshilik boʻladi. Shu kabi ishlarni Allohning roziligi uchun qilganlar ulugʻ ajrlarga erishadilar.

«Kim oʻsha ishni Allohning roziligi uchun qilsa, albatta, unga ulugʻ ajr berurmiz».

Islom jamiyati ochiq jamiyatdir. Uning aʼzolari bir-birlari bilan birodardirlar. Ularning bir-biridan yashiradigan sirlari yoʻq. Ochiqchasiga gapiraveradilar. Agar maxfiy suhbatlarga izn berilsa, boshqa jamiyatlarga oʻxshab hammayoqni visir-visir, pichir-pichir bosib ketadi. Odamlar orasida ishonchsizlik, bir-biridan gap yashirish, bir-biridan shubhalanish va bir-biriga qarshi maxfiy rejalar tuzish koʻpayib ketadi. Lekin maxfiylikka loyiq ishlar, albatta, maxfiy qilinadi. Misol uchun, jamiyatning umumiy tinchligi–bexatarligini taʼminlash yoʻlida faqat rahbarlar, maxsus masʼullar bilishi lozim boʻlgan ishlar maxfiy qoladi. Shuningdek, bir xayri-ehson qiluvchi odam boshqa biri bilan shu xayrli ish haqida, riyokorlikdan qochish maqsadida, maxfiy suhbat qilsa, mayli. Shuningdek, riyokorlikdan qochish maqsadida, biror yaxshilik ishni qilish uchun ham maxfiy suhbatda kelishilsa, boʻladi. Koʻpincha, urishib qolganlarni yarashtirishda ham shu uslub qoʻl keladi. Taraflar oʻz ayblarining oshkora boʻlishini istamasliklari mumkin, bu ishda hatto yolgʻon gapirishga ham izn berilgan.

Ibn Murdavayhi Ummu Habiba roziyallohu anhodan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Odam bolasining hamma gapi uning zararigadir, foydasiga emas. Magar Allohning zikri boʻlsa, yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish boʻlsa, foydasigadir», deganlar.

Boshqa bir hadisda esa:

«Odamlarning orasini isloh qiluvchi yolgʻonchi emas, yaxshilikni yetkazadi yoki yaxshilikni aytadi», deyilgan.

Imom Ahmad ibn Hanbal Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Sizga namoz va sadaqadan ham afzal daraja haqida xabar beraymi?» deganlarida, odamlar:

«Ha, ey, Allohning Rasuli», dedilar. U zot:

«Odamlarning orasini isloh qilish», dedilar.