QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят115

وَمَن يُشَاقِقِ ٱلرَّسُولَ مِنۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُ ٱلْهُدَىٰ وَيَتَّبِعْ غَيْرَ سَبِيلِ ٱلْمُؤْمِنِينَ نُوَلِّهِۦ مَا تَوَلَّىٰ وَنُصْلِهِۦ جَهَنَّمَ ۖ وَسَآءَتْ مَصِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim o`ziga hidoyat ravshan bo`lgandan keyin Payg`ambarga xilof qilsa va mo`minlarning yo`lidan boshqa yo`lga yursa, ketgan tomonga qo`yib qo`yamiz va jahannamga kiritamiz. U qandoq ham yomon joy!Ким ўзига ҳидоят равшан бўлгандан кейин Пайғамбарга хилоф қилса ва мўминларнинг йўлидан бошқа йўлга юрса, кетган томонга қўйиб қўямиз ва жаҳаннамга киритамиз. У қандоқ ҳам ёмон жой!Alauddin Mansour: Kim haq yoʻlni aniq bilganidan keyin paygʻambarga xilof ish qilsa va moʻminlarning yoʻllaridan boshqa yoʻlga ergashib ketsa, biz uni ketganicha qoʻyib beramiz. Soʻngra jahannamga doxil qilamiz. Naqadar yomon joydir u!Ким ҳақ йўлни аниқ билганидан кейин пайғамбарга хилоф иш қилса ва мўминларнинг йўлларидан бошқа йўлга эргашиб кетса, биз уни кетганича қўйиб берамиз. Сўнгра жаҳаннамга дохил қиламиз. Нақадар ёмон жойдир у!

97-sahifa · 5-juz · 10-hizb97-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنva kimва кимيُشَاقِقِxilof qilsaхилоф қилсаٱلرَّسُولَPaygʻambargaПайғамбаргаمِنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинمَاnarsaнарсаتَبَيَّنَravshan boʻlganравшан бўлганلَهُoʻzigaўзигаٱلْهُدَىٰhidoyatҳидоятوَيَتَّبِعْva ergashsaва эргашсаغَيْرَboshqaбошқаسَبِيلِyoʻldanйўлданٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlarningмўминларнингنُوَلِّهِۦuni qoʻyib qoʻyamizуни қўйиб қўямизمَاnarsagaнарсагаتَوَلَّىٰu ketganу кетганوَنُصْلِهِۦva uni kiritamizва уни киритамизجَهَنَّمَ ۖjahannamgaжаҳаннамгаوَسَآءَتْva u yomondirва у ёмондирمَصِيرًاjoy (borar manzil)жой (борар манзил)
TafsirТафсир

Bu oyati karimada Toʻʼma ibn Ubayraqning qarindoshlaridan Bashir ibn Ubayraqqa ishora qilinmoqda. U Bani Ubayraqni fosh qiluvchi oyatlar nozil boʻlganidan soʻng murtad boʻlib (dindan chiqib), mushriklarga qoʻshilib ketgan edi. Garchi ishora maʼlum bir shaxsga boʻlsa ham, hukm umumiydir. Kim Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga xilof qilsa, u kishining yoʻlidan boshqa yoʻlga yursa, kofir, mushrik va murtad boʻladi. Kim moʻminlarning yoʻlidan bosh- qa yoʻlni tanlasa, oʻsha yoʻlidan yuraversin, Alloh uni ketgan tomoniga yurgazib qoʻyaveradi. Ammo, oxiri olib borib jahannamga kiritadi. Jahannam qanday joyligini esa, hamma biladi.