إِن يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦٓ إِلَّآ إِنَـٰثًا وَإِن يَدْعُونَ إِلَّا شَيْطَـٰنًا مَّرِيدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Undan boshqa faqat ayol sanamlarga ibodat qilurlar va faqat bebosh shaytonga ibodat qilurlar.Улар Ундан бошқа фақат аёл санамларга ибодат қилурлар ва фақат бебош шайтонга ибодат қилурлар.Alauddin Mansour: Ular (yaʼni, Allohga shirk keltirgan kimsalar) Allohni qoʻyib, faqat (Lot, Uzzo, Manot kabi) sanamlarga sigʻinadilar va faqat itoatsiz shaytonga sigʻinadilar.Улар (яъни, Аллоҳга ширк келтирган кимсалар) Аллоҳни қўйиб, фақат (Лот, Уззо, Манот каби) санамларга сиғинадилар ва фақат итоатсиз шайтонга сиғинадилар.
Yaʼni, arab mushriklari Allohdan boshqa faqat ayol sanamlarga ibodat qiladilar. Johiliy arablarning buzuq eʼtiqodlari boʻyicha, farishtalar Allohning qizlari hisoblanar edi. Ular, shuning uchun ham, butlarini ayol kishi shaklida yasashar va ularga ayollarning ismini berishar edi. Lot, Manot va Uzzo kabi ismlar ham ayollarning ismlaridir. Soʻngra, katta xudoning qizlariga sigʻinsak, ular bizni oʻz otalariga yaqinlashtiradi, deb oʻylar edilar. Ular, Allohning yoʻlidan chiqishlari bilan, bebosh shaytonga ibodat qilardilar.