لَّعَنَهُ ٱللَّهُ ۘ وَقَالَ لَأَتَّخِذَنَّ مِنْ عِبَادِكَ نَصِيبًا مَّفْرُوضًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh uni la'natladi. U esa: «Qasamki, bandalaringdan ma'lum nasibani olaman.Аллоҳ уни лаънатлади. У эса: «Қасамки, бандаларингдан маълум насибани оламан.Alauddin Mansour: Alloh uni (shaytonni) laʼnatladi. (Shunda) u dedi: «Qasamki, bandalarning orasidan oʻzimga tegishli nasibani albatta olaman.Аллоҳ уни (шайтонни) лаънатлади. (Шунда) у деди: «Қасамки, бандаларнинг орасидан ўзимга тегишли насибани албатта оламан.
Yaʼni, Alloh shaytonni laʼnatladi, Oʻz rahmatidan quvdi. Shayton esa, quvilayotgan paytda:
«Qasamki, bandalaringdan maʼlum nasibani olaman», dedi. Meni shularning sababidan laʼnatlayapsan, men bulardan maʼlum miqdorni oʻz yoʻlimga chiqarib, kufr va isyonga chorlayman, dedi.
Bu haqda Imom Muslim oʻz «Sahih»larida quyidagi rivoyatni keltiradilar:
«Alloh taolo qiyomat kuni Odamga:
«Doʻzax haqqini yubor», deydi. Odam:
«Doʻzax haqqi nima?»deb soʻraydi. Alloh:
«Har mingtadan toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqizi», deydi.
Demak, bandalar ichida shaytonga tegadigan maʼlum nasiba, yaʼni, doʻzaxiylar bor. Ular bu dunyoda unga ergashganlardir.
Soʻng shayton oʻz gapida davom etib: «Ularni adashtiraman, xom xayollarga solaman», deydi.
Yaʼni, bandalaringni toʻgʻri yoʻldan–Sening yoʻlingdan adashtiraman va ularni xom xayollarga solaman–umrimiz uzun boʻladi, maza qilib yuramiz, qayta tirilish ham, hisob-kitob ham, qiyomat ham yoʻq, deb yuraveradigan qilib qoʻyaman, deydi.
«...ularga amr qilsam, chorvalarning quloqlarini kesarlar».
Yaʼni, shayton oʻziga ergashgan bandalarni qabih ishlarga, bemaza odatlarga oʻrgatadi. Shunday ishlardan biri–ayrim nomaʼqul aqiydalarga ishonib chorva hayvonlarining quloqlarini kesib– tilib qoʻyishdir. Arablarda baʼzi hayvonlarni goʻyo Allohga atab, quloqlarini teshib yoki tilib qoʻyilar va u hayvonlarni minib yoki goʻshtini yeb boʻlmas edi. Oyatdan maʼlum boʻlyaptiki, bu ham notoʻgʻri ish ekan, buni qilgan odam shaytonning yoʻliga yurgan boʻlar ekan.
«...va ularga amr qilsam, Allohning yaratganini oʻzgartirarlar», dedi».
«Allohning yaratganini oʻzgartirish» hayvonlarni va odamlarni bichish, kuydirish yoki boshqa yoʻllar bilan inson badaniga turli alomatlarni solishdir. Bunday ishlarni qilganlar ham shaytonning yoʻliga yurgan boʻladi.
«Kim Allohni qoʻyib shaytonni doʻst tutsa, batahqiq, ochiq- oydin ziyonga uchraydir».
Demak, inson uchun ikki ixtiyor bor, uchinchisi yoʻq. Yoki Allohni doʻst tutishi kerak, yoki shaytonni. Baxtli-saodatli boʻlay, ziyonga uchramay, deganlar Alloh taoloni doʻst tutadilar, Uning yoʻliga yuradilar. Shaytonni doʻst tutganlar esa, ochiq-oydin ziyonga uchrashlari haq. Chunki shayton: