QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят119

وَلَأُضِلَّنَّهُمْ وَلَأُمَنِّيَنَّهُمْ وَلَـَٔامُرَنَّهُمْ فَلَيُبَتِّكُنَّ ءَاذَانَ ٱلْأَنْعَـٰمِ وَلَـَٔامُرَنَّهُمْ فَلَيُغَيِّرُنَّ خَلْقَ ٱللَّهِ ۚ وَمَن يَتَّخِذِ ٱلشَّيْطَـٰنَ وَلِيًّا مِّن دُونِ ٱللَّهِ فَقَدْ خَسِرَ خُسْرَانًا مُّبِينًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularni adashtiraman, xomxayollariga solaman, ularga amr qilsam, chorvalarning quloqlarini kesarlar va ularga amr qilsam, Allohning yaratganini o`zgartirarlar», dedi. Kimki Allohni qo`yib shaytonni do`st tutsa, batahqiq, ochiq-oydin ziyonga uchraydir.Уларни адаштираман, хомхаёлларига соламан, уларга амр қилсам, чорваларнинг қулоқларини кесарлар ва уларга амр қилсам, Аллоҳнинг яратганини ўзгартирарлар», деди. Кимки Аллоҳни қўйиб шайтонни дўст тутса, батаҳқиқ, очиқ-ойдин зиёнга учрайдир.Alauddin Mansour: Va ularni yoʻldan ozdiraman, xomxayollarga mubtalo qilaman, buyursam ular chorvalarining quloqlarini kesadilar, buyursam Alloh yaratgan narsalarni oʻzgartirib-buzadilar». Kimki Allohni qoʻyib, shaytonni doʻst tutsa, bas, u ochiqdan-ochiq ziyon qilibdi.Ва уларни йўлдан оздираман, хомхаёлларга мубтало қиламан, буюрсам улар чорваларининг қулоқларини кесадилар, буюрсам Аллоҳ яратган нарсаларни ўзгартириб-бузадилар». Кимки Аллоҳни қўйиб, шайтонни дўст тутса, бас, у очиқдан-очиқ зиён қилибди.

97-sahifa · 5-juz · 10-hizb97-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَأُضِلَّنَّهُمْva albatta ularni adashtiramanва албатта уларни адаштираманوَلَأُمَنِّيَنَّهُمْva xom xayollariga solamanва хом хаёлларига соламанوَلَـَٔامُرَنَّهُمْva ularga amr qilamanва уларга амр қиламанفَلَيُبَتِّكُنَّbas, albatta kesarlarбас, албатта кесарларءَاذَانَquloqlariniқулоқлариниٱلْأَنْعَـٰمِchorvalarningчорваларнингوَلَـَٔامُرَنَّهُمْva ularga amr qilamanва уларга амр қиламанفَلَيُغَيِّرُنَّbas, albatta oʻzgartirarlarбас, албатта ўзгартирарларخَلْقَyaratganiniяратганиниٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингوَمَنva kimkiва кимкиيَتَّخِذِtutsaтутсаٱلشَّيْطَـٰنَshaytonniшайтонниوَلِيًّۭاdoʻst (sifatida)дўст (сифатида)مِّن-dan-данدُونِoʻzga (qoʻyib)ўзга (қўйиб)ٱللَّهِAllohniАллоҳниفَقَدْbatahqiqбатаҳқиқخَسِرَziyonga uchradiзиёнга учрадиخُسْرَانًۭاziyon bilanзиён биланمُّبِينًۭاochiq-oydinочиқ-ойдин
TafsirТафсир

Yaʼni, Alloh shaytonni laʼnatladi, Oʻz rahmatidan quvdi. Shayton esa, quvilayotgan paytda:

«Qasamki, bandalaringdan maʼlum nasibani olaman», dedi. Meni shularning sababidan laʼnatlayapsan, men bulardan maʼlum miqdorni oʻz yoʻlimga chiqarib, kufr va isyonga chorlayman, dedi.

Bu haqda Imom Muslim oʻz «Sahih»larida quyidagi rivoyatni keltiradilar:

«Alloh taolo qiyomat kuni Odamga:

«Doʻzax haqqini yubor», deydi. Odam:

«Doʻzax haqqi nima?»deb soʻraydi. Alloh:

«Har mingtadan toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqizi», deydi.

Demak, bandalar ichida shaytonga tegadigan maʼlum nasiba, yaʼni, doʻzaxiylar bor. Ular bu dunyoda unga ergashganlardir.

Soʻng shayton oʻz gapida davom etib: «Ularni adashtiraman, xom xayollarga solaman», deydi.

Yaʼni, bandalaringni toʻgʻri yoʻldan–Sening yoʻlingdan adashtiraman va ularni xom xayollarga solaman–umrimiz uzun boʻladi, maza qilib yuramiz, qayta tirilish ham, hisob-kitob ham, qiyomat ham yoʻq, deb yuraveradigan qilib qoʻyaman, deydi.

«...ularga amr qilsam, chorvalarning quloqlarini kesarlar».

Yaʼni, shayton oʻziga ergashgan bandalarni qabih ishlarga, bemaza odatlarga oʻrgatadi. Shunday ishlardan biri–ayrim nomaʼqul aqiydalarga ishonib chorva hayvonlarining quloqlarini kesib– tilib qoʻyishdir. Arablarda baʼzi hayvonlarni goʻyo Allohga atab, quloqlarini teshib yoki tilib qoʻyilar va u hayvonlarni minib yoki goʻshtini yeb boʻlmas edi. Oyatdan maʼlum boʻlyaptiki, bu ham notoʻgʻri ish ekan, buni qilgan odam shaytonning yoʻliga yurgan boʻlar ekan.

«...va ularga amr qilsam, Allohning yaratganini oʻzgartirarlar», dedi».

«Allohning yaratganini oʻzgartirish» hayvonlarni va odamlarni bichish, kuydirish yoki boshqa yoʻllar bilan inson badaniga turli alomatlarni solishdir. Bunday ishlarni qilganlar ham shaytonning yoʻliga yurgan boʻladi.

«Kim Allohni qoʻyib shaytonni doʻst tutsa, batahqiq, ochiq- oydin ziyonga uchraydir».

Demak, inson uchun ikki ixtiyor bor, uchinchisi yoʻq. Yoki Allohni doʻst tutishi kerak, yoki shaytonni. Baxtli-saodatli boʻlay, ziyonga uchramay, deganlar Alloh taoloni doʻst tutadilar, Uning yoʻliga yuradilar. Shaytonni doʻst tutganlar esa, ochiq-oydin ziyonga uchrashlari haq. Chunki shayton: