يَعِدُهُمْ وَيُمَنِّيهِمْ ۖ وَمَا يَعِدُهُمُ ٱلشَّيْطَـٰنُ إِلَّا غُرُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U ularga va'da berur va xomxayollarga solur. Shayton ularga g`ururdan boshqa narsani va'da qilmas.У уларга ваъда берур ва хомхаёлларга солур. Шайтон уларга ғурурдан бошқа нарсани ваъда қилмас.Alauddin Mansour: (Shayton) ularga vaʼdalar berur, xomxayollarga mubtalo qilur. Oxir-oqibatda shayton bergan vaʼdalar faqat yolgʻon-sarob boʻlib chiqar.(Шайтон) уларга ваъдалар берур, хомхаёлларга мубтало қилур. Охир-оқибатда шайтон берган ваъдалар фақат ёлғон-сароб бўлиб чиқар.
Yaʼni, shayton ularga yolgʻon vaʼdalar beradi va sizlar najotga erishasizlar, hamma yaxshilik sizga boʻladi, deb xom xayollarga soladi. Aslida esa, u oʻziga ergashganlarga gʻurur, bekorchi sarobdan boshqani vaʼda qilmagan boʻladi. Shayton oʻziga ergashgan bandalarning yomon ishlarini oʻzlariga ziynatlab koʻrsatadi. Unday odamning gunoh ishlari ham oʻziga chiroyli koʻrinadi, nohaq ishi haq boʻlib tuyuladi. Natijada, oʻzi gunoh qilsa ham, baxt-saodatdan umid qiladi. Bu esa, gʻururdan boshqa narsa emas. Bunday odamlarning oqibati, albatta, yaxshi boʻlmaydi.