لَّيْسَ بِأَمَانِيِّكُمْ وَلَآ أَمَانِىِّ أَهْلِ ٱلْكِتَـٰبِ ۗ مَن يَعْمَلْ سُوٓءًا يُجْزَ بِهِۦ وَلَا يَجِدْ لَهُۥ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarning xomxayolingizcha ham emas, ahli kitoblarning xomxayolicha ham emas. Kim yomonlik qilsa, uning jazosini tortadir. Va o`ziga Allohdan o`zga do`st ham, yordamchi ham topa olmas.Сизларнинг хомхаёлингизча ҳам эмас, аҳли китобларнинг хомхаёлича ҳам эмас. Ким ёмонлик қилса, унинг жазосини тортадир. Ва ўзига Аллоҳдан ўзга дўст ҳам, ёрдамчи ҳам топа олмас.Alauddin Mansour: Sizlarning xomxayollaringiz ham, ahli kitobning xomxayollari ham haq emas — kimki yomon amal qilsa, jazosini olur va oʻzi uchun Allohdan oʻzga na bir doʻst va na bir madadkor topmas.Сизларнинг хомхаёлларингиз ҳам, аҳли китобнинг хомхаёллари ҳам ҳақ эмас — кимки ёмон амал қилса, жазосини олур ва ўзи учун Аллоҳдан ўзга на бир дўст ва на бир мададкор топмас.
Ahli kitoblarning, yaʼni, yahudiy va nasorolarning xom xayollari hammaga maʼlum, boshqa oyatlarda ham kelgan. Ular: «Biz Allohning bolalarimiz va mahbublarimiz», der edilar. Yaʼni, biz doʻzaxga tushgan taqdirda ham, sanoqli kunlargina tushamiz, degan eʼtiqodda edilar. Yahudiylar esa: «Biz Allohning tanlab olgan bandalarimiz» deb ham gʻururlanadilar.
Oyati karimada ilk jumlaning:
«Sizlarning xom xayollaringizcha ham emas, ahli kitoblarning xom xayolicha ham emas», deb kelishidan shuni anglasa boʻladiki, baʼzi musulmonlar ham: «Biz boshqalardan koʻra Allohga yaqinroqmiz», deb hisoblab, faqat musulmon boʻlganligimizning oʻzi (amal qilmasak ham) bizni oliy darajali qilib qoʻyadi, degan xayolga borgan boʻlsalar kerak. Alloh taolo bunday xom xayollar–kimning xom xayoli boʻlishidan qatʼinazar–bekorchi ekanligini bayon qilmoqda. Kim yomonlik qilsa, qaysi dinga, qaysi xalqqa, qaysi oilaga, qaysi nasabga qarashli boʻlishidan qatʼinazar, umumiy qoida asosida oʻz jazosini oladi. Yaʼni:
«Kim yomonlik qilsa, uning jazosini tortadir. Va oʻziga Allohdan oʻzga doʻst ham, yordamchi ham topa olmas.
Yaxshi amallar boʻyicha qilinadigan muomala quyidagicha: