وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ سَنُدْخِلُهُمْ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ۖ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقًّا ۚ وَمَنْ أَصْدَقُ مِنَ ٱللَّهِ قِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiriturmiz. Unda abadiy — bardavom qolurlar. Allohning va'dasi haqdir. Allohdan rostgo`yroq zot bormi?Иймон келтириб, яхши амалларни қилганларни остидан анҳорлар оқиб турган жаннатларга киритурмиз. Унда абадий — бардавом қолурлар. Аллоҳнинг ваъдаси ҳақдир. Аллоҳдан ростгўйроқ зот борми?Alauddin Mansour: Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan zotlarni esa ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritajakmiz — ular u Yerda abadiy yasharlar. Bu Allohning haq vaʼdasidir. Allohdan koʻra rostgoʻyroq kim bor?!Иймон келтириб, яхши амалларни қилган зотларни эса остидан дарёлар оқиб турадиган жаннатларга киритажакмиз — улар у Ерда абадий яшарлар. Бу Аллоҳнинг ҳақ ваъдасидир. Аллоҳдан кўра ростгўйроқ ким бор?!
Bandaning jannatga kirishi uchun iymon va yaxshi amallar boʻlishi shart. Iymonsiz holda qilingan yaxshi amallarning foydasi boʻlmaydi.
«Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiriturmiz».
Iymoni boʻlib turib yaxshi amallarni qilgan bandalar faqat jannatga kirish bilan kifoyalanib qolmaydilar. Balki, jannatda abadiy–bardavom qoladilar.
«Unda abadiy – bardavom qolurlar».
Bu esa, shaytonning doʻstlari doʻzaxda abadiy–bardavom qolishlarining muqobiligadir.
Undan keyin oyatda:
«Allohnig vaʼdasi haqdir», deyilmoqda. Bu, shaytonning gʻurur–sarobdan boshqa narsani vaʼda qila olmasligining muqobiligadir. Bu gaplarda hech shubha yoʻq. Chunki bu gaplarni Alloh taoloning oʻzi gapirmoqda.
«Allohdan rostgoʻyroq zot bormi?»
Kelgusi oyatlarda savob va gunoh masalasi, jannat va doʻzax masalasi kimningdir oʻziga bergan vaʼdasi yoki kimningdir xom xayoliga bogʻliq emas, balki Alloh tomonidan joriy qilingan mustahkam qoidaga boqgʻliq ekani bayon qilinadi: