وَمَنْ أَحْسَنُ دِينًا مِّمَّنْ أَسْلَمَ وَجْهَهُۥ لِلَّهِ وَهُوَ مُحْسِنٌ وَٱتَّبَعَ مِلَّةَ إِبْرَٰهِيمَ حَنِيفًا ۗ وَٱتَّخَذَ ٱللَّهُ إِبْرَٰهِيمَ خَلِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yaxshilik qiluvchi bo`lgan holida yuzini Allohga taslim qilgan va Ibrohimning to`g`ri diniga ergashgan kimsaning dinidan ham yaxshiroq din bormi? Va Alloh Ibrohimni do`st tutgan edi.Яхшилик қилувчи бўлган ҳолида юзини Аллоҳга таслим қилган ва Иброҳимнинг тўғри динига эргашган кимсанинг динидан ҳам яхшироқ дин борми? Ва Аллоҳ Иброҳимни дўст тутган эди.Alauddin Mansour: Haqiqiy musulmon boʻlgan holida oʻzini Allohga topshirgan va haq yoʻldagi Ibrohimning diniga ergashgan kishining dinidan ham goʻzalroq din bormi?! (Axir) Ibrohimni Alloh Oʻziga doʻst tutgan.Ҳақиқий мусулмон бўлган ҳолида ўзини Аллоҳга топширган ва ҳақ йўлдаги Иброҳимнинг динига эргашган кишининг динидан ҳам гўзалроқ дин борми?! (Ахир) Иброҳимни Аллоҳ Ўзига дўст тутган.
Ushbu oyatdagi savol bir narsani bilish uchun berilayotgan savol emas. Balki, bor narsani iqror qilish uchun aytilayotgan tasdiq savolidir.
«Yuzini Allohga taslim qilish»–musulmon boʻlishdir.
«Ibrohimning toʻgʻri diniga ergashish» ham musulmonlikdir. «Allohga yuzini taslim qilish» iborasi har bir ishni iymon bilan, Parvardigori Olamga ixlos qilgan holda bajarishga aytiladi. Qilgan yaxshi amalning qabul boʻlishiga iymon qanchalik shart boʻlsa, ixlos ham (yaʼni, ishni Allohning roziligi uchun ixlos bilan ado etish) shunchalik shartdir.
Ibrohim alayhissalomning millati–dini Islom edi. Alloh taolo boshqa oyatlarda ham bu haqiqatni bayon etgan. Demak, oyatda Islomdan oʻzga haqiqiy din yoʻq, deyilmoqda va bu dinga odamlarni yanada qiziqtirish uchun Ibrohimni Alloh taolo Oʻziga doʻst tutgani taʼkidlanmoqda.