QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят13

تِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ ۚ وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ يُدْخِلْهُ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَا ۚ وَذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalar Allohning chegaralaridir. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat etsa, U Zot uni ostidan anhorlar oqib turgan jannatga abadiy qolish uchun kiritadir. Bu esa, ulkan yutuqdir.Ана ўшалар Аллоҳнинг чегараларидир. Ким Аллоҳга ва Унинг Расулига итоат этса, У Зот уни остидан анҳорлар оқиб турган жаннатга абадий қолиш учун киритадир. Бу эса, улкан ютуқдир.Alauddin Mansour: Mana shu Allohning (belgilab qoʻygan) hadlaridir. Kim Alloh va Uning paygʻambariga itoat etsa, uni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritib, oʻsha joyda abadiy hayot baxsh etar. Va bu buyuk saodatdir.Мана шу Аллоҳнинг (белгилаб қўйган) ҳадларидир. Ким Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига итоат этса, уни остидан дарёлар оқиб турадиган жаннатларга киритиб, ўша жойда абадий ҳаёт бахш этар. Ва бу буюк саодатдир.

79-sahifa · 4-juz · 8-hizb79-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
تِلْكَana oʻshalarана ўшаларحُدُودُchegaralaridirчегараларидирٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингوَمَنva kimва кимيُطِعِitoat etsaитоат этсаٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَرَسُولَهُۥva Uning Rasuligaва Унинг Расулигаيُدْخِلْهُuni kiritadirуни киритадирجَنَّـٰتٍۢjannatlargaжаннатларгаتَجْرِىoqib turganоқиб турганمِن-dan-данتَحْتِهَاostidanостиданٱلْأَنْهَـٰرُanhorlarанҳорларخَـٰلِدِينَabadiy qoluvchi holdaабадий қолувчи ҳолдаفِيهَا ۚundaундаوَذَٰلِكَva bu esaва бу эсаٱلْفَوْزُyutuqdirютуқдирٱلْعَظِيمُulkanулкан
TafsirТафсир

Demak, bu dunyoda faqat Allohga va Uning Rasuligagina itoat qilib yashash lozim. Bu itoat shariatga amal qilish bilan boʻladi. Allohga boʻysunib, u koʻrsatgan dasturga amal qilib yashash iymonda, Islomda, dindorlikda yashash demakdir. Allohning itoatidan chiqib, boshqaga itoat qilish, Uning dasturini qoʻyib, boshqaning dasturiga amal qilish shirk, kufr va jahannamdir.

«Ana oʻshalar Allohning chegaralaridir».

Yaʼni, yuqorida zikr qilingan narsalar Alloh taoloning chizib qoʻygan chegaralaridir. Bu jumlada Alloh taoloning shariati hukmlari Uning «chegaralari» deb atalmoqda. Bundan musulmon inson uchun Alloh taolo chizgan chegarada yurish lozimligi kelib chiqadi. Ana oʻsha chegarada yurgan odam turli xavf-xatarlardan omon boʻladi.

«Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat etsa, U Zot uni ostidan anhorlar oqib turgan jannatga abadiy qolish uchun kiritadir».

Mazkur chegarada yurish Alloh taologa va Uning Rasuliga itoat qilish bilan boʻladi. Alloh taologa itoat Qurʼoni Karimga va Uning Rasuliga itoat esa, u zot alayhissalomning sunnatlariga amal etish bilan boʻladi. Alloh taoloning chegarasida yurish, Alloh taologa va Uning Rasuliga itoat qilishdan, faqatgina, chegarada yurib, itoat etgan banda foyda koʻradi. Alloh taolo uni qiyomatda jannatga kiritadi.

«Bu esa, ulkan yutuqdir».

Endi, Alloh taoloning mazkur chegarasida yurmagan, Allohga va Uning Rasuliga itoat qilmaganlar nima boʻladi, degan savol paydo boʻlishi mumkin. U savolning javobi quyidagicha:

«Kim Allohga va Uning Rasuliga isyon qilsa va Uning chegarasidan tajovuz qilsa, U Zot uni abadiy qolish uchun doʻzaxga kiritadir. Va unga xorlovchi azob bordir».

Demak, u dunyoda har kimga bu dunyodagi amaliga qarab muomala qilinadi. Bu dunyoda Alloh taoloning va Uning Rasulining itoatini qilmay, ularga osiylik qilib, Alloh taoloning chegarasidan chiqqanlar u dunyoda abadiy qolish uchun doʻzaxga kiritiladilar. Ish faqat doʻzaxga kiritish bilan tamom boʻlmaydi. U yerda mazkur osiyga xorlovchi azoblar ham boʻladi.

Quyida keladigan oyatlarda Alloh taolo islomiy jamiyatni johiliyat nopokliklaridan poklashni, jumladan, fohisha ishlardan tozalashni davom ettiradi: