QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят12

۞ وَلَكُمْ نِصْفُ مَا تَرَكَ أَزْوَٰجُكُمْ إِن لَّمْ يَكُن لَّهُنَّ وَلَدٌ ۚ فَإِن كَانَ لَهُنَّ وَلَدٌ فَلَكُمُ ٱلرُّبُعُ مِمَّا تَرَكْنَ ۚ مِنۢ بَعْدِ وَصِيَّةٍ يُوصِينَ بِهَآ أَوْ دَيْنٍ ۚ وَلَهُنَّ ٱلرُّبُعُ مِمَّا تَرَكْتُمْ إِن لَّمْ يَكُن لَّكُمْ وَلَدٌ ۚ فَإِن كَانَ لَكُمْ وَلَدٌ فَلَهُنَّ ٱلثُّمُنُ مِمَّا تَرَكْتُم ۚ مِّنۢ بَعْدِ وَصِيَّةٍ تُوصُونَ بِهَآ أَوْ دَيْنٍ ۗ وَإِن كَانَ رَجُلٌ يُورَثُ كَلَـٰلَةً أَوِ ٱمْرَأَةٌ وَلَهُۥٓ أَخٌ أَوْ أُخْتٌ فَلِكُلِّ وَٰحِدٍ مِّنْهُمَا ٱلسُّدُسُ ۚ فَإِن كَانُوٓا۟ أَكْثَرَ مِن ذَٰلِكَ فَهُمْ شُرَكَآءُ فِى ٱلثُّلُثِ ۚ مِنۢ بَعْدِ وَصِيَّةٍ يُوصَىٰ بِهَآ أَوْ دَيْنٍ غَيْرَ مُضَآرٍّ ۚ وَصِيَّةً مِّنَ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarga xotinlaringiz qoldirgan narsaning — agar ularning bolasi bo`lmasa — yarmi tegadi. Agar ularning bolasi bo`lsa, sizga ular qoldirgan narsaning choragi tegadi. Ular qilgan vasiyatni yoki qarzlarini ado etgandan so`ng. Ularga siz qoldirgan narsaning — agar bolangiz bo`lmasa — choragi tegadi. Agar bolangiz bo`lsa, ularga siz qoldirgan narsaning sakkizdan biri tegadi. Siz qilgan vasiyatni yoki qarzingizni ado etgandan so`ng. Agar bir erkak yoki ayol kalola holida meros qoldirsa, uning birodari yoki singlisi bo`lsa, ulardan har biriga oltidan bir tegur. Agar ular bundan ko`p bo`lsalar, uchdan biriga sherikdirlar. Zarar qilmaydigan vasiyatni yoki qarzni ado etgandan so`ng. Bular Allohning vasiyatidir. Va Alloh biluvchi hamda Haliym Zotdir.Сизларга хотинларингиз қолдирган нарсанинг — агар уларнинг боласи бўлмаса — ярми тегади. Агар уларнинг боласи бўлса, сизга улар қолдирган нарсанинг чораги тегади. Улар қилган васиятни ёки қарзларини адо этгандан сўнг. Уларга сиз қолдирган нарсанинг — агар болангиз бўлмаса — чораги тегади. Агар болангиз бўлса, уларга сиз қолдирган нарсанинг саккиздан бири тегади. Сиз қилган васиятни ёки қарзингизни адо этгандан сўнг. Агар бир эркак ёки аёл калола ҳолида мерос қолдирса, унинг биродари ёки синглиси бўлса, улардан ҳар бирига олтидан бир тегур. Агар улар бундан кўп бўлсалар, учдан бирига шерикдирлар. Зарар қилмайдиган васиятни ёки қарзни адо этгандан сўнг. Булар Аллоҳнинг васиятидир. Ва Аллоҳ билувчи ҳамда Ҳалийм Зотдир.Alauddin Mansour: Sizlarga xotinlaringiz qoldirgan merosdan — agar ulardan farzand qolmagan boʻlsa — yarmi tegur. Endi agar ularning farzandlari qolgan boʻlsa, sizlarga ularning merosidan toʻrtdan biri tegur. (Bu taqsimotlar) marhuma qilgan vasiyat va uning qarzlari ado etilgandan keyin boʻlur. Ularga (xotinlaringizga) sizlar qoldirgan merosdan — agar sizlardan farzand qolmagan boʻlsa — toʻrtdan biri tegur. Endi agar sizlarning farzandingiz qolgan boʻlsa, ularga sizning merosingizdan sakkizdan biri tegur. (Bu taqsimotlar) sizlar qilgan vasiyat va qarzlaringiz ado qilingandan keyin boʻlur. Agar merosi qolayotgan erkak yoki ayolning na ota va na onasi boʻlmay, (ona tomonidan) bir aka yoki ukasi yoxud bir opa yoki singlisi qolgan boʻlsa, ularning ikkovidan har biriga oltidan bir tegur. Endi agar ular birdan ortiq boʻlsalar, ular merosning uchdan bir hissasiga teng sherik boʻlurlar. (Bu taqsimotlar) merosxoʻrlarga zarar yetkazmaydigan holda qilingan vasiyat va qarzlar ado qilingandan keyin boʻlur. (Bu hukmlar) Alloh tomonidan boʻlgan amr-farmondir. Alloh bilguvchi va halimdir.Сизларга хотинларингиз қолдирган меросдан — агар улардан фарзанд қолмаган бўлса — ярми тегур. Энди агар уларнинг фарзандлари қолган бўлса, сизларга уларнинг меросидан тўртдан бири тегур. (Бу тақсимотлар) марҳума қилган васият ва унинг қарзлари адо этилгандан кейин бўлур. Уларга (хотинларингизга) сизлар қолдирган меросдан — агар сизлардан фарзанд қолмаган бўлса — тўртдан бири тегур. Энди агар сизларнинг фарзандингиз қолган бўлса, уларга сизнинг меросингиздан саккиздан бири тегур. (Бу тақсимотлар) сизлар қилган васият ва қарзларингиз адо қилингандан кейин бўлур. Агар мероси қолаётган эркак ёки аёлнинг на ота ва на онаси бўлмай, (она томонидан) бир ака ёки укаси ёхуд бир опа ёки синглиси қолган бўлса, уларнинг икковидан ҳар бирига олтидан бир тегур. Энди агар улар бирдан ортиқ бўлсалар, улар мероснинг учдан бир ҳиссасига тенг шерик бўлурлар. (Бу тақсимотлар) меросхўрларга зарар етказмайдиган ҳолда қилинган васият ва қарзлар адо қилингандан кейин бўлур. (Бу ҳукмлар) Аллоҳ томонидан бўлган амр-фармондир. Аллоҳ билгувчи ва ҳалимдир.

79-sahifa · 4-juz · 8-hizb79-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَلَكُمْva sizlargaва сизларгаنِصْفُyarmiярмиمَاnarsaningнарсанингتَرَكَqoldirganқолдирганأَزْوَٰجُكُمْxotinlaringizхотинларингизإِنagarагарلَّمْemasэмасيَكُنboʻlsaбўлсаلَّهُنَّularningуларнингوَلَدٌۭ ۚbolasiболасиفَإِنbas, agarбас, агарكَانَboʻlsaбўлсаلَهُنَّularningуларнингوَلَدٌۭbolasiболасиفَلَكُمُbas, sizlargaбас, сизларгаٱلرُّبُعُchoragiчорагиمِمَّاnarsaningнарсанингتَرَكْنَ ۚular qoldirganулар қолдирганمِنۢ-dan-данبَعْدِsoʻngсўнгوَصِيَّةٍۢvasiyatniвасиятниيُوصِينَular qilganулар қилганبِهَآuniуниأَوْyokiёкиدَيْنٍۢ ۚqarzlariniқарзлариниوَلَهُنَّva ulargaва уларгаٱلرُّبُعُchoragiчорагиمِمَّاnarsaningнарсанингتَرَكْتُمْsiz qoldirganсиз қолдирганإِنagarагарلَّمْemasэмасيَكُنboʻlsaбўлсаلَّكُمْsizningсизнингوَلَدٌۭ ۚbolangizболангизفَإِنbas, agarбас, агарكَانَboʻlsaбўлсаلَكُمْsizningсизнингوَلَدٌۭbolangizболангизفَلَهُنَّbas, ulargaбас, уларгаٱلثُّمُنُsakkizdan biriсаккиздан бириمِمَّاnarsaningнарсанингتَرَكْتُم ۚsiz qoldirganсиз қолдирганمِّنۢ-dan-данبَعْدِsoʻngсўнгوَصِيَّةٍۢvasiyatniвасиятниتُوصُونَsiz qilganсиз қилганبِهَآuniуниأَوْyokiёкиدَيْنٍۢ ۗqarzingizniқарзингизниوَإِنva agarва агарكَانَboʻlsaбўлсаرَجُلٌۭbir erkakбир эркакيُورَثُmeros qoldirsaмерос қолдирсаكَلَـٰلَةًkalola holidaкалола ҳолидаأَوِyokiёкиٱمْرَأَةٌۭayolаёлوَلَهُۥٓva uningва унингأَخٌbirodariбиродариأَوْyokiёкиأُخْتٌۭsinglisiсинглисиفَلِكُلِّbas, har birigaбас, ҳар биригаوَٰحِدٍۢbirбирمِّنْهُمَاulardanуларданٱلسُّدُسُ ۚoltidan birолтидан бирفَإِنbas, agarбас, агарكَانُوٓا۟ular boʻlsalarулар бўлсаларأَكْثَرَkoʻpкўпمِن-dan-данذَٰلِكَbundanбунданفَهُمْbas, ularбас, уларشُرَكَآءُsherikdirlarшерикдирларفِى-ga-гаٱلثُّلُثِ ۚuchdan biriучдан бириمِنۢ-dan-данبَعْدِsoʻngсўнгوَصِيَّةٍۢvasiyatniвасиятниيُوصَىٰqilinganқилинганبِهَآuniуниأَوْyokiёкиدَيْنٍqarzniқарзниغَيْرَemasэмасمُضَآرٍّۢ ۚzarar qiluvchiзарар қилувчиوَصِيَّةًۭvasiyatdirвасиятдирمِّنَ-dan-данٱللَّهِ ۗAllohningАллоҳнингوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳعَلِيمٌbiluvchiбилувчиحَلِيمٌۭhaliym zotdirҳалийм зотдир
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimadagi meros taqsimi inson aqlini lol qoldiradigan darajada aniqlik bilan kelgan. Buni Islomda meros masalasini oʻrgangan ajnabiy olimlar ham alohida taʼkidlaganlar.

«Sizlarga xotinlaringiz qoldirgan narsaning–agar ularning bolasi boʻlmasa–yarmi tegadi. Agar ularning bolasi boʻlsa, sizga ular qoldirgan narsaning choragi tegadi. Ular qilgan vasiyatni yoki qarzlarini ado etgandan soʻng».

Befarzand xotin oʻlib, ortidan eri qolsa, merosning yarmini oladi. Ammo, u xotinning oʻgʻlimi, qizimi–nechta boʻlsa ham–shuningdek, avvalgi eridan ham, bolasi boʻlsa, erga merosning choragi tegadi. Albatta, avvalgi oyatda kelganidek, bu meros ham vafot etgan xotin qilgan vasiyatni yoki olgan qarzini ado etgandan soʻng taqsimlanadi.

«Ularga siz qoldirgan narsaning–agar bolangiz boʻlmasa–choragi tegadi. Agar bolangiz boʻlsa, ularga siz qoldirgan narsaning sakkizdan biri tegadi. Siz qilgan vasiyatni yoki qarzingizni ado etgandan soʻng».

Agar befarzand er oʻlib, ortidan xotini qolsa, merosning choragini oladi. Ammo, oʻlgan erning oʻgʻilmi, qizmi, oʻzmi-oʻgaymi, yaʼni, boshqa xotinidanmi, koʻpmi, ozmi farzandi boʻlsa, xotinga merosning sakkizdan biri tegadi. Bu ham vasiyatni yoki olingan qarzni ado etgandan keyin boʻladigan taqsim. Merosxoʻr xotin bitta boʻlsa, mazkur chorak yoki sakkizdan bir ulushni oʻzi oladi. Agar vafot etganning xotini ikkita, uchta yoki toʻrtta boʻlsalar, oʻsha chorak yoki sakkizdan birda sherik boʻladilar.

Oyati karimadagi:

«Agar bir erkak yoki ayol kalola holida meros qoldirsa», jumlasini , xususan, «kalola» soʻzini bir oz sharhlashga toʻgʻri keladi. Bu haqda ulamolarimiz ham ancha bahs yuritganlar. Bizning tilimizda «kalola» soʻzining maʼnosini aynan ifoda etadigan ibora yoʻq. Shuningdek, arab tilida ham bu soʻzning murodifi yoʻq. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan odamlar «kalola» haqida soʻrashganida: «U toʻgʻrisida oʻz fikrimni aytaman, toʻgʻri boʻlsa, Allohdan, xato boʻlsa, mendan va shaytondan, yaʼni, Allohning va Uning Rasulining bunga aloqalari yoʻq. Kalola–zurriyodi va ajdodi yoʻq odamdir», dedilar. Yaʼni, oʻlgan paytida bola-chaqasi, nabira-chevaralari ham, ota-onasi, bobo-momosi ham yoʻq boʻlgan odam, demakdir.

Hazrati Umar roziyallohu anhu ham oʻz xalifalik vaqtlarida: «Abu Bakrning fikriga xilof qilishdan uyalaman», deganlar. Toʻrt mazhab sohiblari ham, avval oʻtgan, keyin kelgan ulamolar ham shu fikrga qoʻshilganlar.

«Agar bir erkak yoki ayol kalola holida meros qoldirsa, uning birodari yoki singlisi boʻlsa, ulardan har biriga oltidan bir tegur. Agar ular bundan koʻp boʻlsalar, uchdan biriga sherikdirlar».

Bu jumlada ona bir aka-uka va opa-singillar haqida soʻz ketmoqda.

Demak, oyatning hukmiga koʻra, «kalola» holida vafot etgan odamning ortidan ona bir birodari (akasi yoki ukasi) va singlisi qolsa, ularning har biriga merosning oltidan biri tegadi. Agar ona bir birodar va singillar bundan koʻp boʻlsalar, merosning uchdan birida sherik boʻladilar. Erkak-ayol teng nasiba olishadi. Bunda ham oʻsha kalola holida meros qoldirgan erkak yoki ayolning qilgan vasiyati va olgan qarzi ado etilganidan soʻng taqsimlanadi. Vasiyat esa, zarar qilmaydigan boʻlishi kerak. Bu hukm meros bobidagi hamma vasiyatlarga tegishlidir. Chunki, Alloh oyatda:

«Zarar qilmaydigan vasiyatni yoki qarzni ado etgandan soʻng», demoqda.

Zarar qilmaydigan vasiyat degani nimani bildiradi? Uning adolatli, merosxoʻrlardan birortasiga zarar keltirmaydigan boʻlishini bildiradi. Misol uchun, baʼzi merosxoʻrlarni merosdan mahrum qilmaslik yoki merosdan haqini kamaytirmaslik kerak. Umuman, Alloh taolo koʻrsatgan miqdorlarni oʻzgartirmasligi lozim. Kim oʻz xohishicha taqsimlaydigan boʻlsa, Allohning hukmiga, shariatga qarshi chiqqan boʻladi.

Ibn Abi Hotim Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom:

«Zararli vasiyat qilish gunohi kabiralardandir», deganlar.

Bu oyatning oxirida ham avvalgi oyatga oʻxshash qattiq taʼkidlar keladi:

«Bular Allohning vasiyatidir».

Yaʼni, merosni yuqorida aytilgandek taqsimlash, ishlarda halol- pok boʻlish Allohning vasiyatidir. Boshqaniki emas. Havodan olingani yoʻq. Bir guruh odam toʻplanib olib, maslahatlashib qaror qilganlari ham yoʻq.

«Va Alloh biluvchi va haliym Zotdir».

Kim nima bilan mashgʻul, kim merosni toʻgʻri taqsim qilmoqdayu kim notoʻgʻri taqsim qilmoqda–bilib turadi.

Musulmon inson oʻzining har bir ishi, harakati va faoliyati Allohning shariatiga muvofiq boʻlishiga urinmoqi lozim. Shu jumladan, meros masalasida ham. Har bir ish Allohning hukmi bilan boʻlishi asosiy islomiy taʼlimot boʻlganidan, Qurʼoni Karimda bu maʼno qayta-qayta taʼkidlanadi. Kelasi ikki oyatda ham xuddi shu gʻoya oldinga suriladi: