QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят138

بَشِّرِ ٱلْمُنَـٰفِقِينَ بِأَنَّ لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Munofiqlarga ularga albatta alamli azob bo`lishining bashoratini ber.Мунофиқларга уларга албатта аламли азоб бўлишининг башоратини бер.Alauddin Mansour: Bunday munofiqlarga ular uchun alamli azob borligidan «xushxabar» berib qoʻying!Бундай мунофиқларга улар учун аламли азоб борлигидан «хушхабар» бериб қўйинг!

100-sahifa · 5-juz · 10-hizb100-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
بَشِّرِbashorat berбашорат берٱلْمُنَـٰفِقِينَmunofiqlargaмунофиқларгаبِأَنَّalbatta, shukiалбатта, шукиلَهُمْulargaуларгаعَذَابًاazob borазоб борأَلِيمًاalamliаламли
TafsirТафсир

Kofir holida oʻlib ketgan munofiqlarga oxiratda albatta alamli doʻzax azoblari boʻladi. Ushbu oyati karimada «Bashoratini ber», deyishlik ham ularning holiga voy boʻlishiga ishoradir.

«Munofiqlarga ularga albatta alamli azob boʻlishining bashoratini ber».

Munofiqlarning alomatlari koʻp. Bittasi ushbu oyatda esga olinmoqda:

«Ular moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni doʻst tutadiganlardir».

Munofiqlar, odatda, oʻzlarini musulmon qilib koʻrsatishga urinadilar. Ammo, ichlaridagi dard–kufrlik ularni boshqa tomonga yetaklaydi. Ular musulmonlarga doʻst boʻlish oʻrniga, kofirlarga doʻst boʻladilar. Kofirlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirishga harakat qilishlarining boisi–kofirlar ularning koʻziga kuchli- quvvatli boʻlib koʻrinadi. «Mabodo, oʻzaro urush-janjal va tortishuvda musulmonlar gʻolib kelib qolsa, men ham musulmon edim, deb turaveraman, hech gap boʻlmaydi. Ammo, kofirlar gʻolib kelsa, nima qilaman? Ular kuchli koʻrinadilar. Shuning uchun, ularni doʻst tutish kerak», degan qarorga keladi.

«Ularning oldida izzat, kuch-qudrat izlaydilarmi?»

Ha, munofiqlar ularning huzurida izzat, kuch-qudrat izlaydilar. Munofiqliklari tufayli haqiqiy kuch-quvvat qayerda ekanini anglab yetmaydilar. Boʻlmasa, kofir qavmlar huzuridan izlasharmidi uni? Oyatda haqiqiy kuch-quvvat, izzat Allohning huzurida ekanligi taʼkidlanmoqda.

«Albatta, izzat, kuch-qudratning barchasi Allohning huzuridadir».

Yuqoridagi oyatda munofiqlarning holi bayon qilingan boʻlsa, kelasi oyatda munofiqlikning birinchi pogʻonasi–Allohning oyatlariga kufr keltiriladigan va ularni istehzo qilinadigan joylarda oʻtirmaslik haqida bayonot keladi: