QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят137

إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ثُمَّ كَفَرُوا۟ ثُمَّ ءَامَنُوا۟ ثُمَّ كَفَرُوا۟ ثُمَّ ٱزْدَادُوا۟ كُفْرًا لَّمْ يَكُنِ ٱللَّهُ لِيَغْفِرَ لَهُمْ وَلَا لِيَهْدِيَهُمْ سَبِيلًۢا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, iymon keltirganlaridan keyin kufr keltirganlar, so`ngra iymon keltirib yana kufrga ketgan va kufrida ziyoda bo`lganlarni Alloh mag`firat qilmas va to`g`ri yo`lga hidoyat etmas.Албатта, иймон келтирганларидан кейин куфр келтирганлар, сўнгра иймон келтириб яна куфрга кетган ва куфрида зиёда бўлганларни Аллоҳ мағфират қилмас ва тўғри йўлга ҳидоят этмас.Alauddin Mansour: Albatta iymon keltirib, soʻng kufrga qaytgan, keyin yana iymonga kelib, soʻngra yana kofir boʻlgan, keyin esa kufrlari yanada ziyoda boʻlgan kimsalarni Alloh hargiz magʻfirat qilmaydi va ularni zinhor haq yoʻlga hidoyat qilmaydi.Албатта иймон келтириб, сўнг куфрга қайтган, кейин яна иймонга келиб, сўнгра яна кофир бўлган, кейин эса куфрлари янада зиёда бўлган кимсаларни Аллоҳ ҳаргиз мағфират қилмайди ва уларни зинҳор ҳақ йўлга ҳидоят қилмайди.

100-sahifa · 5-juz · 10-hizb100-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَularkiуларкиءَامَنُوا۟iymon keltirdilarиймон келтирдиларثُمَّsoʻngraсўнграكَفَرُوا۟kufr keltirdilarкуфр келтирдиларثُمَّsoʻngraсўнграءَامَنُوا۟iymon keltirdilarиймон келтирдиларثُمَّsoʻngraсўнграكَفَرُوا۟kufr keltirdilarкуфр келтирдиларثُمَّsoʻngraсўнграٱزْدَادُوا۟ziyoda boʻldilarзиёда бўлдиларكُفْرًۭاkufrdaкуфрдаلَّمْemasэмасيَكُنِboʻlurбўлурٱللَّهُAllohАллоҳلِيَغْفِرَmagʻfirat qilishiмағфират қилишиلَهُمْulargaуларгаوَلَاva emasва эмасلِيَهْدِيَهُمْularni hidoyat qilishiуларни ҳидоят қилишиسَبِيلًۢاtoʻgʻri yoʻlgaтўғри йўлга
TafsirТафсир

Iymon bilan kufr orasida borib-kelib, borib-kelib, oxiri kufrda ziyoda boʻlayotganlar–munofiqlardir. Agar inson kofir boʻlib yurib, keyin iymonga kelsa, uning iymoni kofirligini yuvib ketadi. Iymonga kelgandan keyingi davrdan boshlab hisob-kitobi boshlanadi. Chunki, u kofirlik vaqtida zulmatda boʻlgan. Zulmatdagi odamdan biror narsani koʻrishni soʻrab boʻlmaydi. Ammo, bir marta iymonga kelib, yana kufrga qaytish esa, qoronqulikdan yorugʻlikka chiqib, yana oʻz ixtiyori ila qorongʻulikka qaytishdan iboratdir. Agar bu nomaʼqul ish bir necha bor takrorlansa, albatta, unday odam magʻfiratga aslo loyiq emasdir. Ularning hidoyat qilinmagani ham ayni adolatdir.