يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ ءَامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَٱلْكِتَـٰبِ ٱلَّذِى نَزَّلَ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ وَٱلْكِتَـٰبِ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ مِن قَبْلُ ۚ وَمَن يَكْفُرْ بِٱللَّهِ وَمَلَـٰٓئِكَتِهِۦ وَكُتُبِهِۦ وَرُسُلِهِۦ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَـٰلًۢا بَعِيدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Allohga, Uning Rasuliga, U O`z Rasuliga tushirgan kitobga va bundan oldin tushirgan kitobga iymon keltiring. Kim Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Payg`ambarlariga va oxirat kuniga kufr keltirsa, batahqiq, qattiq adashgan bo`ladi.Эй, иймон келтирганлар! Аллоҳга, Унинг Расулига, У Ўз Расулига туширган китобга ва бундан олдин туширган китобга иймон келтиринг. Ким Аллоҳга, Унинг фаришталарига, китобларига, Пайғамбарларига ва охират кунига куфр келтирса, батаҳқиқ, қаттиқ адашган бўлади.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, Allohga, Uning paygʻambariga va shu paygʻambariga nozil qilgan Kitobiga hamda ilgari nozil boʻlgan Kitoblariga iymoningiz komil boʻlsin. Kimki Allohga, farishtalarga, kitoblariga, paygʻambarlariga va Oxirat Kuniga ishonmasa, (kofir boʻlsa), demak, u juda qattiq adashibdi.Эй мўминлар, Аллоҳга, Унинг пайғамбарига ва шу пайғамбарига нозил қилган Китобига ҳамда илгари нозил бўлган Китобларига иймонингиз комил бўлсин. Кимки Аллоҳга, фаришталарга, китобларига, пайғамбарларига ва Охират Кунига ишонмаса, (кофир бўлса), демак, у жуда қаттиқ адашибди.
Ajab, oyatda iymon keltirganlarni yana iymon keltirishga amr qilinmoqda. Bu hol, sirtdan qaraganda, bir oz gʻalatiga oʻxshaydi. Ammo, aslini olganda, iymon masalasi nihoyatda nozikdir. Inson doimo bu masalaning takror-takror eslatib turilishiga muhtojdir. Qolaversa, bu oyati karimada iymonning asosiy unsurlari– moʻmin insonlar nimalarga iymon keltirishi lozimligi bayon qilinmoqda.
«Ey, iymon keltirganlar! Allohga, Uning Rasuliga, U Oʻz Rasuliga tushirgan kitobga va bundan oldin tushirgan kitobga iymon keltiring».
Musulmon odam Allohga, Uning Rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirmogʻi lozim. Bu iymon uni oʻzini yaratgan xoliqi, doim tarbiyakunandalik qilib turuvchi Robbi bilan bogʻlaydi. Bu iymon uni oʻz Robbi tomonidan yuborilgan va uni hidoyatga boshlaydigan yoʻlboshchi boʻlmish Paygʻambar va uning Paygʻambarligi bilan bogʻlab turadi. Bu iymon uni oʻz Robbi tomonidan oʻz Paygʻambariga tushirilgan ilohiy dastur–Qurʼoni Karim bilan bogʻlab turadi. Bu iymon uni Qurʼondan oldin kelgan ilohiy kitoblar bilan bogʻlab turadi. Iymonning asosiy unsurlaridan yana ikkitasi oyatning ikkinchi yarmida, manfiy holdagi zikrda, yaʼni kofirlarning holi vasf qilinganda kelgan:
«Kim Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Paygʻambarlariga va oxirat kuniga kufr keltirsa, batahqiq, qattiq adashgan boʻladi».
Demak, farishtalarga va oxirat kuniga iymon keltirmaslikning ham, boshqa asosiy unsurlarga kufr keltirish kabi, oqibati yomon boʻladi. Ulamolar: bu ikki unsurlarning aynan shu joyda zikr qilinishi, bular kofirga tahdid soluvchi, ularni qoʻrqituvchi narsalar boʻlgani uchundir, deyishadi. Iymonning mazkur asosiy unsurlariga va yoki ulardan birortasiga ishonmaslikdan (kufr keltirishdan) koʻra qattiqroq adashishlik yoʻqdir.