QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят135

۞ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ كُونُوا۟ قَوَّٰمِينَ بِٱلْقِسْطِ شُهَدَآءَ لِلَّهِ وَلَوْ عَلَىٰٓ أَنفُسِكُمْ أَوِ ٱلْوَٰلِدَيْنِ وَٱلْأَقْرَبِينَ ۚ إِن يَكُنْ غَنِيًّا أَوْ فَقِيرًا فَٱللَّهُ أَوْلَىٰ بِهِمَا ۖ فَلَا تَتَّبِعُوا۟ ٱلْهَوَىٰٓ أَن تَعْدِلُوا۟ ۚ وَإِن تَلْوُۥٓا۟ أَوْ تُعْرِضُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Adolat ila turing hamda agar o`zingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga bo`lsa ham, Alloh uchun to`g`ri guvohlik beruvchi bo`ling. Agar u boy bo`lsa ham, kambag`al bo`lsa ham, Alloh unga yaqinroqdir. Havoyi nafsga ergashib, adolatsizlik qilmang. Agar tilingizni bursangiz yoki yuz o`girib ketsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.Эй, иймон келтирганлар! Адолат ила туринг ҳамда агар ўзингиз, ота-онангиз ва қариндошларингиз зиддига бўлса ҳам, Аллоҳ учун тўғри гувоҳлик берувчи бўлинг. Агар у бой бўлса ҳам, камбағал бўлса ҳам, Аллоҳ унга яқинроқдир. Ҳавойи нафсга эргашиб, адолатсизлик қилманг. Агар тилингизни бурсангиз ёки юз ўгириб кетсангиз, албатта, Аллоҳ нима қилаётганингиздан хабардордир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, adolat bilan turguvchi hamda oʻzlaringning yoki ota-ona va qarindosh-urugʻlarning zarariga boʻlsa-da, Alloh uchun toʻgʻri guvohlik berguvchi boʻlinglar! U (yaʼni, guvohlik beriluvchi) boy boʻladimi, kambagʻal boʻladimi, har ikkisiga ham Olohning Oʻzi (sizlardan koʻra) yaqinroqdir. Bas, adolat qilmasdan nafsi havoga ergashib ketmanglar. Agar tillaringni burib (notoʻgʻri guvohlik bersanglar) yoki (guvohlik berishdan) bosh tortsanglar, albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardor boʻlgan Zotdir.Эй мўминлар, адолат билан тургувчи ҳамда ўзларингнинг ёки ота-она ва қариндош-уруғларнинг зарарига бўлса-да, Аллоҳ учун тўғри гувоҳлик бергувчи бўлинглар! У (яъни, гувоҳлик берилувчи) бой бўладими, камбағал бўладими, ҳар иккисига ҳам Олоҳнинг Ўзи (сизлардан кўра) яқинроқдир. Бас, адолат қилмасдан нафси ҳавога эргашиб кетманглар. Агар тилларингни буриб (нотўғри гувоҳлик берсанглар) ёки (гувоҳлик беришдан) бош тортсанглар, албатта Аллоҳ қилаётган амалларингиздан хабардор бўлган Зотдир.

100-sahifa · 5-juz · 10-hizb100-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَularуларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларكُونُوا۟boʻlinglarбўлингларقَوَّٰمِينَbarpo etuvchilarбарпо этувчиларبِٱلْقِسْطِadolat ilaадолат илаشُهَدَآءَguvohlik beruvchilarгувоҳлик берувчиларلِلَّهِAlloh uchunАллоҳ учунوَلَوْva garchiва гарчиعَلَىٰٓziddigaзиддигаأَنفُسِكُمْoʻzingizningўзингизнингأَوِyokiёкиٱلْوَٰلِدَيْنِota-onangizningота-онангизнингوَٱلْأَقْرَبِينَ ۚva qarindoshlaringizningва қариндошларингизнингإِنagarагарيَكُنْu boʻlsaу бўлсаغَنِيًّاboyбойأَوْyokiёкиفَقِيرًۭاkambagʻalкамбағалفَٱللَّهُbas, Allohбас, Аллоҳأَوْلَىٰyaqinroqdirяқинроқдирبِهِمَا ۖikkovigaикковигаفَلَاbas, emasбас, эмасتَتَّبِعُوا۟ergashinglarэргашингларٱلْهَوَىٰٓhavoi nafsgaҳавои нафсгаأَنtokiтокиتَعْدِلُوا۟ ۚadolatdan ogʻmasligingiz uchunадолатдан оғмаслигингиз учунوَإِنva agarва агарتَلْوُۥٓا۟tilingizni bursangizтилингизни бурсангизأَوْyokiёкиتُعْرِضُوا۟yuz oʻgirsangizюз ўгирсангизفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаٱللَّهَAllohАллоҳكَانَerurэрурبِمَاnarsadanнарсаданتَعْمَلُونَqilayotganingizқилаётганингизخَبِيرًۭاxabardordirхабардордир
TafsirТафсир

Ushbu oyatdagi amrlar gʻoyatda muhim, musulmonlar bu masalalarga jiddiy qarashlari lozim. Shu boisdan, Alloh taolo musulmon bandalariga:

«Ey, iymon keltirganlar!» deb murojaat qilmoqda. Diqqatni jalb etmoqda. Bu tarz nidoning hikmatlarini avvalda bir necha bor aytib oʻtdik. Xullas, bu nidodan keyin kelayotgan amrlardan biri–adolat ila turishdir. Yaʼni, hamma ishda, hamma joyda, hamma masalada adolat ila turishdir. Adolat ila turishni taqozo etadigan ishlardan biri–guvohlik berishdir.

Guvohlik juda ham nozik va masʼuliyatli ishdir. Chunki, guvohlik berish yoʻli bilan dalil-hujjat yetishmay turgan ishlar hal boʻladi. Bir ogʻiz guvohlik soʻzi bilan birovga oʻlim hukmi chiqishi yoki bekor qilinishi mumkin. Birov qamalib ketishi yoki qutulib qolishi mumkin. Shuningdek, birov katta mol-mulkka ega boʻlishi yoki oʻzining mol-mulkidan ajrab qolishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, guvohlik koʻpgina hassos masalalarga dahldordir. Shuning uchun ham, Islomda guvohlik adolat ila boʻlishiga katta eʼtibor beriladi. Biz oʻrganayotgan ushbu oyati karimada ham xuddi shu masala muolaja qilinmoqda:

«Adolat ila turing hamda agar oʻzingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga boʻlsa ham, Alloh uchun toʻgʻri guvohlik beruvchi boʻling».

Demak, guvohlik Alloh uchun boʻlishi kerak. Boshqa narsa uchun emas. Biror shaxs uchun emas, qabila uchun emas, hizb yoki xalq uchun emas. Faqat Alloh uchun boʻlishi kerak. Ana shundagina adolatli guvohlik boʻladi. Albatta, odamning oʻziga qarshi guvohlik berishi, ota-onasi yoki qarindosh-urugʻiga qarshi guvohlik berishi oson emas. Bu ish gapirishga oson, xolos. Lekin ilohiy taʼlimot shuni iroda qiladi. Ana shundagina haqiqiy adolat yuzaga chiqishi mumkin. Guvohlik berishda nasab omilini hisobga olish mumkin boʻlmaganidek, guvohlik berilayotgan shaxsning, yaʼni, ayblanuvchining ijtimoiy holati ham eʼtiborga olinmaydi:

«Agar u boy boʻlsa ham, kambagʻal boʻlsa ham, Alloh unga yaqinroqdir».

Yaʼni, unga sizdan koʻra Alloh yaqinroqdir. U nima qilishni oʻzi yaxshi biladi. Siz uning boyligi yoki kambagʻalligiga qarab guvohlik berib, islomiy taʼlimotlarni buzmang. Bu bechora kambagʻal ekan, deb rahim qilib, uning foydasiga guvohlik bermang. Yoki yalang oyoq, kambagʻalning qoʻlidan nima kelar edi, deb uning zarariga ham guvohlikni burmang. Guvohlik berishingiz Alloh uchun toʻgʻri boʻlsin.

Shuningdek, bu boy ekan, keyin menga har narsa qilish qoʻlidan keladi, deb qoʻrqib, yoki, boy ekan, bunga balo ham urmaydi, deb notoʻgʻri guvohlik bermang. Toʻgʻri guvohlik bering. Guvohlik berishda:

«Havoi nafsga ergashib, adolatsizlik qilmang».

Havoi nafs oʻzini sevishga, ota-ona va qarindoshlarga yon bosishga undashi mumkin. Nafs boyga xushomad qilishga yoki kambagʻalga mehr koʻrsatishga va shunga oʻxshash notoʻgʻri ishlarga boshlashi mumkin. Havoi nafsga berilib:

«Agar tilingizni bursangiz yoki yuz oʻgirib ketsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir».

U Zot oʻzi bilib, adolat-la jazoingizni beradi. Tilingizni burib, notoʻgʻri guvohlik berishingiz mumkin emas. Shuningdek, masʼuliyatdan qochib, guvohlik berishdan yuz oʻgirishingiz ham mumkin emas.

Islomda guvohlikni berkitish yoki uni ado etishdan qochish ham katta gunoh hisoblanadi. Alloh taolo boshqa bir oyatda guvohlikni berkitgan odam qalbi gunohkor odam ekanligini taʼkidlagan.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻz hadislaridan birida:

«Guvohlarning eng yaxshisi soʻralmasdan guvohlik berguvchisidir», deganlar.

Alloh taolo musulmon bandalariga yana nido qiladi: