مَّن كَانَ يُرِيدُ ثَوَابَ ٱلدُّنْيَا فَعِندَ ٱللَّهِ ثَوَابُ ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ سَمِيعًۢا بَصِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim bu dunyo savobini istasa, bilsinki, Allohning huzurida ham bu dunyoning, ham u dunyoning savobi bordir. Va Alloh eshituvchi va ko`ruvchi Zotdir.Ким бу дунё савобини истаса, билсинки, Аллоҳнинг ҳузурида ҳам бу дунёнинг, ҳам у дунёнинг савоби бордир. Ва Аллоҳ эшитувчи ва кўрувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Kim bu dunyoning savobini istasa, bilsinki, Allohning huzurida ham bu dunyoning, ham Oxiratning savobi bordir. Alloh eshitguvchi, koʻrguvchi boʻlgan Zotdir.Ким бу дунёнинг савобини истаса, билсинки, Аллоҳнинг ҳузурида ҳам бу дунёнинг, ҳам Охиратнинг савоби бордир. Аллоҳ эшитгувчи, кўргувчи бўлган Зотдир.
Islomga boʻysunmayotgan va unga yurmayotganlarning qanchalik befahm ekanliklari ushbu oyatdan koʻrinib turibdi. Inson oldida ikki xil ixtiyor turibdi: kufr yoʻlidan yursang, bu dunyoga erishishing mumkin, Islom yoʻliga yursang, ham bu dunyoning, ham oxiratning saodatiga albatta erishasan, deyilmoqda.
Kofir esa, birinchi yoʻlni ixtiyor qilmoqda. Ammo xohlashi boshqa, xohishiga erishishi boshqa. Ehtimol, bu dunyo savobiga ham erisha olmas. Buni tajriba ham koʻrsatadi.
Ammo, Islom yoʻliga yurganlar ham bu dunyoning, ham oxiratning savobiga erishishlari muqarrar, chunki buni Alloh vaʼda qilgandir.
«Kim bu dunyo savobini istasa, bilsinki, Allohning huzurida ham bu dunyoning, ham u dunyoning savobi bordir».
Faqat, musulmon boʻlgan odam oʻz vazifasini bajarsa boʻldi. Ana shunda u ikki dunyoning savobiga, baxtu saodatiga erishadi.
«Va Alloh eshituvchi va koʻruvchi Zotdir».
U zot kim nima deyayotganini eshitib, kim nima qilayotganini koʻrib turadi. Oxiratda ana shunga binoan hisob-kitob qiladi.
Oila masalasidagi, ayollar bilan muomalada adolatli boʻlish haqidagi, bu ishlarda Allohning koʻrsatmasiga amal qilish zarurligi xususidagi yoʻl-yoʻriqlar tamom boʻlganidan soʻng, endi butun jamiyat bilan boʻladigan masalalarga oʻtiladi. Hamma ishlarda adolatli boʻlish, hamma ishlarda Allohning hukmini yuritish haqida soʻz ketadi. Bu esa, oʻz navbatida, hukmning katta-kichigi boʻlmasligini, hammasi Allohniki ekanligini yana bir bor koʻrsatadi.