إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ أَيُّهَا ٱلنَّاسُ وَيَأْتِ بِـَٔاخَرِينَ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ ذَٰلِكَ قَدِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar U Zot xohlasa, ey odamlar, sizlarni ketkazib, boshqalarni keltirur. Va Alloh bunga qodir bo`lgan Zotdir.Агар У Зот хоҳласа, эй одамлар, сизларни кетказиб, бошқаларни келтирур. Ва Аллоҳ бунга қодир бўлган Зотдир.Alauddin Mansour: Agar xohlasa, ey odamlar, sizlarni ketkazib, boshqalarni keltirur. Alloh bunga qodir boʻlgan Zotdir.Агар хоҳласа, эй одамлар, сизларни кетказиб, бошқаларни келтирур. Аллоҳ бунга қодир бўлган Зотдир.
Kufr keltirganlarning kufri faqat oʻzlariga zarar ekanligi, bundan Allohga zarar yetmasligi yana bir bor eslatilmoqda.
«Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Vakil boʻlishga Alloh kifoyadir».
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohning mulki boʻlsa, Alloh ularning yagona sultoni–hokimi boʻlsa, olamdagi har bir narsaga oʻzi vakil boʻlsa-yu, qanday qilib baʼzi odamlarning kufri unga zarar yetkazadi.
Yoʻq, unday emas!
«Agar xohlasa, ey odamlar, sizlarni ketkazib, boshqalarni keltirur. Va Alloh bunga qodir boʻlgan Zotdir».
Ha, agar Alloh xohlasa, bir zumda hamma odamlarni bu dunyodan yoʻq qilib, ularning oʻrniga oʻziga iymon keltiradigan, aytganidan chiqmay yuradigan boshqa bir odamlarni keltirib oladi. Alloh bu ishga va bundan ham kattalariga qodirdir.
Kufr va gunohkorlikni ixtiyor etganlar, asosan, bu dunyo hayoti va uning lazzatlariga koʻproq erishishni koʻzlaganlaridan shu ishni qiladilar.
Lekin bu maqsadga ular tanlagan yoʻldan boshqa yoʻl bilan erishish, buning ustiga, boshqa oliy maqomlarga ham erishish mumkin edi: