وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Vakil bo`lishga Alloh kifoyadir.Осмонлару ердаги нарсалар Аллоҳникидир. Вакил бўлишга Аллоҳ кифоядир.Alauddin Mansour: Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Allohnikidir. Allohning Oʻzi yetarli vakildir. (Yaʼni, Yer va osmonlardagi barcha ishlarni kuzatib, saqlab turuvchi Zotdir).Осмонлардаги ва Ердаги бор нарса Аллоҳникидир. Аллоҳнинг Ўзи етарли вакилдир. (Яъни, Ер ва осмонлардаги барча ишларни кузатиб, сақлаб турувчи Зотдир).
Kufr keltirganlarning kufri faqat oʻzlariga zarar ekanligi, bundan Allohga zarar yetmasligi yana bir bor eslatilmoqda.
«Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Vakil boʻlishga Alloh kifoyadir».
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohning mulki boʻlsa, Alloh ularning yagona sultoni–hokimi boʻlsa, olamdagi har bir narsaga oʻzi vakil boʻlsa-yu, qanday qilib baʼzi odamlarning kufri unga zarar yetkazadi.
Yoʻq, unday emas!
«Agar xohlasa, ey odamlar, sizlarni ketkazib, boshqalarni keltirur. Va Alloh bunga qodir boʻlgan Zotdir».
Ha, agar Alloh xohlasa, bir zumda hamma odamlarni bu dunyodan yoʻq qilib, ularning oʻrniga oʻziga iymon keltiradigan, aytganidan chiqmay yuradigan boshqa bir odamlarni keltirib oladi. Alloh bu ishga va bundan ham kattalariga qodirdir.
Kufr va gunohkorlikni ixtiyor etganlar, asosan, bu dunyo hayoti va uning lazzatlariga koʻproq erishishni koʻzlaganlaridan shu ishni qiladilar.
Lekin bu maqsadga ular tanlagan yoʻldan boshqa yoʻl bilan erishish, buning ustiga, boshqa oliy maqomlarga ham erishish mumkin edi: