QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят131

وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَلَقَدْ وَصَّيْنَا ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ مِن قَبْلِكُمْ وَإِيَّاكُمْ أَنِ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ وَإِن تَكْفُرُوا۟ فَإِنَّ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ غَنِيًّا حَمِيدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Batahqiq, Biz sizdan oldin kitob berilganlarga ham, sizga ham: «Allohga taqvo qilinglar», deb vasiyat qildik. Agar kufr keltirsangiz, albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh behojat va maqtalgan Zotdir.Осмонлару ердаги нарсалар Аллоҳникидир. Батаҳқиқ, Биз сиздан олдин китоб берилганларга ҳам, сизга ҳам: «Аллоҳга тақво қилинглар», деб васият қилдик. Агар куфр келтирсангиз, албатта, осмонлару ердаги нарсалар Аллоҳникидир. Ва Аллоҳ беҳожат ва мақталган Зотдир.Alauddin Mansour: Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Allohnikidir. Biz sizlardan ilgari Kitob berilgan zotlarga ham, sizlarga ham Allohdan qoʻrqinglar, deb amr qildik. Agar kofir boʻlib ketsangizlar (Allohga hech bir zarar yetkaza olmaysizlar). Zero, osmonlardagi bor narsa va Yerdagi bor narsa Allohnikidir. Va Alloh behojat va maqtovga sazovor boʻlgan Zotdir.Осмонлардаги ва Ердаги бор нарса Аллоҳникидир. Биз сизлардан илгари Китоб берилган зотларга ҳам, сизларга ҳам Аллоҳдан қўрқинглар, деб амр қилдик. Агар кофир бўлиб кетсангизлар (Аллоҳга ҳеч бир зарар етказа олмайсизлар). Зеро, осмонлардаги бор нарса ва Ердаги бор нарса Аллоҳникидир. Ва Аллоҳ беҳожат ва мақтовга сазовор бўлган Зотдир.

99-sahifa · 5-juz · 10-hizb99-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلِلَّهِva Allohnikidirва Аллоҳникидирمَاnarsalarнарсаларفِى-da-даٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlardagiосмонлардагиوَمَاva narsalarва нарсаларفِى-da-даٱلْأَرْضِ ۗyerdagiердагиوَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқوَصَّيْنَاBiz tavsiya qildikБиз тавсия қилдикٱلَّذِينَoʻshalargaўшаларгаأُوتُوا۟berilganберилганٱلْكِتَـٰبَkitobкитобمِن-dan-данقَبْلِكُمْsizdan oldinсиздан олдинوَإِيَّاكُمْva sizlargaва сизларгаأَنِdebkiдебкиٱتَّقُوا۟taqvo qilinglarтақво қилингларٱللَّهَ ۚAllohgaАллоҳгаوَإِنva agarва агарتَكْفُرُوا۟kufr keltirsangizкуфр келтирсангизفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаلِلَّهِAllohnikidirАллоҳникидирمَاnarsalarнарсаларفِى-da-даٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlardagiосмонлардагиوَمَاva narsalarва нарсаларفِى-da-даٱلْأَرْضِ ۚyerdagiердагиوَكَانَva erurва эрурٱللَّهُAllohАллоҳغَنِيًّاbehojatбеҳожатحَمِيدًۭاmaqtalganмақталган
TafsirТафсир

Bu oyatda boshqa koʻpgina oyatlarda takrorlanadigan ulkan haqiqat yana bir bor taʼkidlanmoqda. Osmonlaru yerdagi narsalar, yaʼni butun dunyo–borliq Allohniki. U hammasining moliki–egasi. Har bir molik oʻz mulkining yagona hokimi boʻladi. Oʻzi ega boʻlgan narsalarda oʻzi bilib hukm yuritadi.

«Batahqiq, Biz sizdan oldin kitob berilganlarga ham, sizga ham: «Allohga taqvo qilinglar», deb vasiyat qildik».

Demak, kimga ilohiy kitob yuborilgan boʻlsa, hammasiga bir xil amr boʻlgan. Alloh yaratgan bandalar Allohning mulkida–dunyoda Allohga taqvo qilib yashamoqlari lozim. Borliqning yagona moliki va hokimi Allohning amri–shu! Bandalar bu amrga binoan yashasalar, yaxshi boʻladi.

«Agar kufr keltirsangiz, albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir».

Demak, bandalarning kufr keltirishi bilan Allohning mulki kamayib yoki zararlanib qolmaydi.

Agar bu ishdan biror zarar kelsa, bandalarning oʻziga keladi. Bandalarning oʻzlari kufr keltirganlarining jazosini tortadilar.

Alloh ularga emas, ular Allohga hojatmanddirlar. Ular kufr keltirib, Allohga noshukrlik qilsalar, Allohni boshqalari maqtayveradi.

«Va Alloh behojat va maqtalgan Zotdir».

Agar xohlasa, hamma narsaga qodir Alloh boshqacha chora koʻrishi ham mumkin: